12:57 10 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
71621

Agar kimda-kim RF prezidenti, hukumat raisi, vazir lavozimiga daʼvogarlik qilsa, uning barcha orzulari va intilishlari rus xalqi va Rossiyadagi boshqa xalqlar bilan bogʻlangan boʻlishi lozim, deya tushuntirdi Putin.

TOSHKENT, 18 mar - Sputnik. Bizda shpionomaniya yoʻq va boʻlmaydi ham, Rossiya ochiq davlat, dedi RF prezidenti Vladimir Putin, davlat va mahalliy hokimiyat organlari mansabdorlari uchun fuqarolik masalasi hamda mablagʻlarni chet el banklarida saqlash boʻyicha Rossiya konstitutsiyasiga kiritilayotgan cheklovlarga izoh berar ekan.

"Rossiya - ochiq davlat, bizda koʻplab chet elliklar ishlaydi, aytgancha, ular juda koʻp joyda ishlashadi, yirik kompaniyalarda, turli darajadagi davlat muassasalarida, biz ular bilan chuqur va ishonchli madaniy aloqalarni yoʻlga qoʻyganmiz, ilmiy va maʼrifiy aloqalarimiz juda keng. Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgarishlar faqatgina oliy darajadagi shaxslar uchun", - dedi Putin Qrim va Sevastopol jamoatchiligi bilan uchrashuvda.

Prezident ushbu tuzatishlarning "shpiomaniya, mamlakat yopilishi" bilan hech qanday bogʻliq joyi yoʻqligini taʼkidlab oʻtdi. "Bularning barchasi uydirma. Bu koʻproq RF ichidagi ichki siyosiy jarayonlarga taʼsir koʻrsatishga urinishdir, biz hech qachon bu bilan murosa qilmaganmiz va qilmaymiz ham", - deb qoʻshimcha qildi Putin.

Agar kimda-kim RF prezidenti, hukumat raisi, vazir lavozimiga daʼvogarlik qilsa, uning barcha orzulari va intilishlari rus xalqi va Rossiyadagi boshqa xalqlar bilan bogʻlangan boʻlishi lozim, deya tushuntirdi prezident.

Asosiy mavzular