13:45 10 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
162 0 0

Qaror bilan belgilanishicha, Oʻzbekiston ichki ishlar vaziri oʻrinbosarining boshqarma maqomiga ega boʻlgan 12 nafar xodimdan iborat boshqaruv apparati tashkil etiladi.

TOSHKENT, 19 mar — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Agrar va oziq-ovqat sohalarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qildi.

Qaror bilan belgilanishicha, Oʻzbekiston ichki ishlar vaziri oʻrinbosarining boshqarma maqomiga ega boʻlgan 12 nafar xodimdan iborat boshqaruv apparati tashkil etiladi.

Vazir oʻrinbosariga mazkur sohadagi faoliyatni amalga oshirish borasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vazirining, viloyat ichki ishlar boshqarmalari (bosh boshqarmasi) boshliqlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha oʻrinbosarlari boʻysundiriladi.

Unga oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda tegishli sohaviy xizmat xodimlarini (ichki ishlar organlari tayanch punkti profilaktika inspektorlaridan tashqari) jalb etish vakolati beriladi.

Shuniingdek, ichki ishlar vaziri oʻrinbosari lavozimini va uning boshqaruv apparatini kiritish IIV xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida amalga oshiriladi.

Asosiy mavzular