14:28 10 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
264 0 0

Oʻzbekistonning Avstriyadagi sobiq elchisi, YEXHTdagi doimiy vakili Sherzod Asadov tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari etib tayinlandi.

TOSHKENT, 19 mar - Sputnik. Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziriga yangi oʻrinbosar tayinlandi deb xabar qilmoqda TIV matbuot xizmati. 

"2020 yilning 19 mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Kengaytirilgan hayʼati yigʻilishida vazir oʻrinbosari etib tayinlangan Sherzod Asadov tanishtirildi", - deyilgan xabarda. 

Sherzod Asadov shu kunga qadar Oʻzbekistonning Avstriyadagi Favqulodda va muxtor elchisi, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotida (YEXHT) Oʻzbekistonning doimiy vakili boʻlib ishlab kelgan. 

Asosiy mavzular