13:53 10 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
30310

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 mart kuni Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovni "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida qarorni imzoladi

TOSHKENT, 21 mar - Sputnik. 21-mart kuni Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov hamkasbi, Rossiya Federatsiyasi tashqi siyosat idorasi rahbari Sergey Viktorovich Lavrovni 70 yoshga toʻlgani munosabati bilan tabrik maktubi yoʻlladi, deb xabar berdi Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati.

"Oʻzbekiston TIV rahbari maktubida 2020-yil 20-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev "Oʻzbekiston-Rossiya strategik sheriklik aloqalarini rivojlantirishdagi ulkan yutuqlari, barcha sohalardagi koʻp qirrali ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish, ikki mamlakat xalqlari oʻrtasidagi doʻstlik va oʻzaro anglashuvni mustahkamlashdagi muhim hissasi uchun Sergey Viktorovich Lavrovni "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida"gi qarorni imzolagani qayd etildi", - deyiladi xabarda.

Shuningdek, tabrikda Sergey Lavrovni Oʻzbekistonda "taniqli davlat va siyosat arbobi, tajribali rahbar, yuqori malakali diplomat va Rossiyaning haqiqiy vatanparvari" sifatida tanishlari va u butun dunyoda hurmat qozongani taʼkidlangan.

Rossiya Federatsiyasi tashqi siyosat idorasi rahbarining hozirgi Oʻzbekiston-Rossiya hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqichga chiqarishga, strategik va sherikchilik munosabatlarini mustahkamlashga qoʻshgan shaxsiy hissasi yuqori baholandi hamda ikki mamlakat oʻrtasidagi har tomonlama hamkorlik izchil rivojlanib borishiga ishonch bildirildi.

Asosiy mavzular