13:43 10 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (630)
45710

Qozogʻiston bosh vaziri Asqar Mamin qoʻshni mamlakatlardagi hamkasblari bilan yuklar transportirovkasi va fuqarolarning samolyotlarda harakatlanishi masalasini muhokama qildi

TOSHKENT, 21 mar – Sputnik. Qozogʻiston bosh vaziri Asqar Mamin chet ellik hamkasblari bilan qator telefon muloqotlarini amalga oshirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Jumladan, u RF hukumati raisi Mixail Mishustinga ikki davlat hududi orqali vatanga qaytayotgan qozogʻistonlik va rossiyaliklar uchun alohida tartibni tashkil qilishni taklif etgan.

Mamin, shuningdek, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Tojikiston bosh vazirlari bilan telefon muloqotini oʻtkazgan. Hukumat rahbarlari koronavirusning tarqalishini oldini olish va COVID-19dan aholini himoyalashda hamkorlik, shu jumladan, fuqarolarni vatanga qaytarish masalalarini muhokama qilishgan.

Qozogʻiston hukumat raisining Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov, Qirgʻiziston bosh vaziri Muhammadkaliy Abulgʻoziyev, Tojikiston bosh vaziri Kohir Rasulzoda bilan oʻtkazgan muzokaralari davomida vetetativ davrda suv-energetika masalalarida hamkorlik, shuningdek, favqulodda holat sharoitida Qozogʻiston davlat chegarasidan yuk tashuvlarini amalga oshirishni taʼminlash singari muhim masalalar muhokama qilingan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (630)

Asosiy mavzular