MDH Parlamentlararo Assambleyasi bahorgi sessiyasini bekor qildi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishZasedanie assamblei stran SNG
Zasedanie assamblei stran SNG - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq Rossiya Federatsiyasi prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov koronavirus bo‘yicha G20 virtual sammitiga tayyorgarlik haqida gapirib o‘tgan edi.

TOShKENT, 24 mar - Sputnik. MDH Parlamentlararo assambleyasi (MPA) koronavirus pandemiyasi sababli bahorgi sessiyani bekor qildi, deya xabar beradi RIA Novosti.

Pogranichniy punkt, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus yopgan chegaralar tufayli yuzlab o‘zbekistonliklar Qozog‘iston hududida qolmoqda

Gap rejalashtirilgan barcha xalqaro tadbirlarni bekor qilish haqida ketmoqda: doimiy komissiyalar yig‘ilishlari, Parlamentlararo Assambleya kengashi, MPAning 51-yalpi yig‘ilishi va Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 75-yilligiga bag‘ishlangan MDH Parlamentlararo Assambleyaning tantanali yig‘ilishi.

"Bekor qilish to‘g‘risidagi qaror noqulay epidemiologik vaziyat va milliy darajalarda safarlarga qo‘yilgan cheklovlar, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalarini hisobga olgan holda qabul qilindi", - deyiladi bayonotda.

Shu bilan birga, assambleyaning qonun ijodkorligi va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ishi davom etadi, ammo endi onlayn va videokonferensiyalar shaklida.

Xabar qilinishicha, MDH mamlakatlarida pandemiya bartaraf etilishi bilan, MPA shtab-kvartirasida xalqaro tadbirlar qayta boshlanadi.

Rabota aeroporta Domodedovo - Sputnik O‘zbekiston
MDH fuqarolari uchun Rossiyaga kirishga taqiq yo‘q – qaror

Shunga o‘xshash onlayn formatda yaqinlashib kelayotgan G20 sammitini o‘tkazish xam rejalashtirilmoqda. Uning maqsadi - pandemiyaga qarshi kurashda mamlakatlarning harakatlarini muvofiqlashtirishdir.

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda virtual sammit formatiga aniqlik kiritilmoqda va Rossiya tomonidan har qanday tashabbuslar haqida "gapirishga hali erta".

JSST 11-mart kuni COVID-19 virusi avj olishini pandemiya deb e’lon qildi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda 339 mingdan ortiq odam koronavirus infeksiyasiga chalingan. 15 mingdan ortiq odam pandemiya qurboniga aylandi, ammo kasallanganlardan 96 mingdan ko‘prog‘i tuzalib ketdi.

Yangiliklar lentasi
0