08:48 03 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (537)
214 0 0

Ashraf Gʻani Oʻzbekiston koronavirusga qarshi kurashishda koʻrsatayotgan amaliy koʻmagi uchun alohida minnatdorlik bildirdi.

TOSHKENT, 26 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Afgʻoniston prezidenti Muhammad Ashraf Gʻani bilan telefon orqali muloqot qildi.

Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati xabariga koʻra, suhbat avvalida ikki davlat rahbarlari bahoriy Navroʻz ayyomi munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, eng ezgu tilaklarini bildirdilar.

Mirziyoyev, shuningdek, Ashraf Gʻanini Afgʻoniston prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi hamda unga mamlakatda barqarorlik va izchil taraqqiyotni taʼminlash borasidagi ustuvor vazifalarga erishishda katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Ashraf Gʻani, oʻz navbatida, tabrik uchun, shuningdek, Afgʻonistonda tinchlikka erishish va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy tiklash yuzasidan koʻrsatayotgan koʻmagi va faol saʼy-harakatlari uchun Oʻzbekiston rahbariga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Afgʻoniston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ikki yil avval oʻtkazilgan Afgʻoniston boʻyicha Toshkent xalqaro konferentsiyasi muhim voqea - afgʻon muammosini tinch yoʻl bilan hal etish boʻyicha siyosiy jarayonni boshlash, manfaatdor tomonlar muloqotining oʻzaro maqbul shakl va mexanizmlarini izlashda "boshlangʻich nuqta" boʻlgani qayd etildi.

Qayd etilishicha, muloqot chogʻida mintaqada yangi turdagi koronavirus infektsiyasi tarqalishi bilan bogʻliq joriy vaziyat va koʻrilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. 

"Prezident Ashraf Gʻani Oʻzbekiston koronavirusga qarshi kurashishda koʻrsatayotgan amaliy koʻmagi uchun alohida minnatdorlik bildirdi. Mamlakatimiz mutaxassislari tomonidan bunyod etilgan va ekspluatatsiya qilinayotgan "Hayraton - Mozori Sharif" temir yoʻli, shuningdek, elektr energiyasi, oziq-ovqat va sanoat mahsulotlari yetkazib berilayotgani hamda savdo va gumanitar yuklarning yurtimiz hududi boʻylab tranziti hech qanday toʻsiqlarsiz amalga oshirilayotgani va koʻrsatilayotgan boshqa yordam ushbu pandemiyaga qarshi kurashishda muhim omil boʻlayotgani taʼkidlandi", - deyilgan xabarda.

Davlat rahbarlari harakatlarni yaqindan muvofiqlashtirishni davom ettirish hamda ikki mamlakatdagi sanitar-epidemiologik holatni nazorat qilish borasida qatʼiy choralar koʻrish muhimligini qayd etdilar.

Prezidentlar ikki tomonlama, avvalo savdo-iqtisodiy, energetika va transport-kommunikatsiya sohalaridagi hamkorlikning dolzarb masalalarini ham koʻrib chiqdilar, shuningdek, xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Afgʻonistonning barqaror taraqqiyotini taʼminlash va xalq farovonligini oshirishga qaratilgan qoʻshma infratuzilma loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish borasidagi saʼy-harakatlarni faollashtirishga kelishib olindi.

Mavzu:
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (537)

Asosiy mavzular