07:27 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Siyosat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1281)
297930

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Rossiyada koronavirus bilan bemorlanganlar soni 840 nafarni tashkil qilmoqda, 38 kishi sogʻaygan, ikki nafari vafot etgan.

TOSHKENT, 26 mar — Sputnik. Rossiya koronavirus infektsiyasi epidemiyasini uch oydan kam vaqtda yenga oladi, deb bayonot qildi Vladimir Putin.

"Hamkasblar biz koronavirusni ikki-uch oy ichida yenga olamiz, deb hisoblamoqda. Bu yomon prognoz emas. Negaki, ayrim davlatlar unga qarshi kurash uzoq davom etishini aytmoqda. Lekin biz bu holatdan chiqqanimizda, biz esa aniq chiqamiz, umid qilamanki, bu siz aytgan muddat (ikki-uch oy)dan ham oldinroq sodir boʻladi", - dedi davlat rahbari biznes vakillari bilan uchrashuvda.

Putin soʻzlariga koʻra, COVID-19 keng tarqalishi bilan bogʻliq vaziyat yaxshi tomonga oʻzgaradi - bu yerda gap hamkorlikdagi ishning muddati va samarasida. Koronavirus tufayli koʻrilayotgan choralar qanchalik samarali va qattiq boʻlsa, karantin shu qadar tez tugaydi.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Rossiyada koronavirus bilan bemorlanganlar soni 840 nafarni tashkil qilmoqda, 38 kishi sogʻaygan, ikki nafari vafot etgan. 139 ming kishi shifokorlar nazorati ostida qolmoqda. Butun dunyoda COVID-19 pandemiyasi 170 davlatda kuzatilmoqda, 480 mingdan ortiq inson virusni yuqtirgan, 21 mingdan ziyodi vafot etgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1281)

Asosiy mavzular