11:50 12 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Siyosat
Havola olish
789 0 0

Rossiya yetakchisi Xalqaro valyuta jamgʻarmasi shafeligi ostida maxsus fonda tashkil qilib, uning istalgan aʼzosiga mablagʻlarni qarzga olish huquqini berishni taklif etdi

TOSHKENT, 26 mar - Sputnik. G20 yetakchilari onlayn tarzda oʻtkazilgan sammit yakunida koronavirus boʻyicha qoʻshma bayonot qabul qilishdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Katta yigirmatalik" sammitida koronavirus tarqalishiga qarshi choralarni sanab oʻtdi.

Rossiya yetakchisi Xalqaro valyuta jamgʻarmasi shafeligi ostida maxsus fonda tashkil qilib, uning istalgan aʼzosiga mablagʻlarni qarzga olish huquqini berishni taklif etdi.

Shuningdek, Rossiya yetakchisi koronavirusdan jabrlangan iqtisodlarni qayta tiklash boʻyicha umumiy reja ishlab chiqishni, savdo va sanktsiyalar urushidan holi boʻlgan "yashil yoʻlaklar" yaratishni, BSST sayi-harakatlarini testdan oʻtkazish imkoni mavjud boʻlmagan davlatlarda koronavirusning yashirin holatlarini aniqlashga qaratishni taklif qildi.

Saudiya Arabistoni Qiroli, G20 raisi Salmon bin Abdul Aziz Al-Saud kelajakda xavfli kasalliklarga qarshi kurashda global majburiyatni kuchaytirish zarur, deb hisoblaydi.

"Biz kelajakda tarqalishi mumkin boʻlgan yuqumli kasalliklarga qarshi global tizimning tayyorgarligini kuchaytirishimiz kerak", - dedi Al-Saud, G20 birinchi virtual sammiti ochilishida 24 mamlakat rahbarlariga videokonferentsiya orqali.

Kompyuternoye izobrajeniye, sozdannoye kompaniyey Nexus Science Communication sovmestno s Triniti kolledjem v Dubline, pokazыvayet model, strukturno predstavlyayuщuyu betakoronavirus, kotorыy yavlyayetsya tipom virusa, svyazannogo s COVID-19
© REUTERS / NEXU Science Communication

U G20 davlatlarini ushbu saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlashga va koronavirus vaktsinasini ishlab chiqish va zarur dori-darmon va uskunalar bilan taʼminlash uchun tadqiqotlar va ishlanmalarni moliyalashtirish boʻyicha hamkorlikni kuchaytirishga chaqirdi.

XXR Raisi Si Tszinpin onlayn sammit chogʻida G20 rahbarlarini global iqtisodiyotni tiklashga yordam berish uchun soliq yigʻimlari va tovarlarning erkin harakatlanishidagi toʻsiqlarni olib tashlashga chaqirdi.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh, sammit davomida "yigirmatalik" davlatlarini koronavirusga qarshi uygʻunlashgan holda harakat qilishga chaqirdi. Guterreshga koʻra, har bir davlat tizimli ravishda COVID-19ga test oʻtkazishga va karantin choralarini amalga oshirishga qodir boʻlishi kerak.

 

Eslatib oʻtamiz, bu yil G20 sammiti raisligi Saudiya Arabistoniga oʻtdi. Aynan Ar-Riyod global koronavirus pandemiyasi fonida favqulodda sammitni onlayn rejimida oʻtkash tashabbuskori boʻldi.

Asosiy mavzular