Abe Moskvada o‘tkaziladigan G‘alaba yubileyiga safarini ortga qoldirishi mumkin

© Sputnik / Sergey MamontovPremyer-ministr Yaponii Sindzo Abe
Premyer-ministr Yaponii Sindzo Abe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fevral oyida yapon tomoni Abening Moskvadagi tantanalarda ishtiroki, shuningdek, Vladimir Putin bilan uchrashuvi masalasi ko‘rib chiqilayotgani haqida ta’kidlagan va safar sanasi taxminan 8 yoki 10-may deya ko‘rsatilgan edi.

TOShKENT, 2 apr - Sputnik. Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe Ulug‘ Vatan Urushida qozonilgan G‘alabaning 75-yilligi munosabati bilan 9-may kuniga rejalashtirilgan tantanali tadbirlarda qatnashish va Vladimir Putin bilan uchrashish uchun Rossiyaga uyushtiradigan safarini ortga qoldirishi mumkin, deb xabar beradi RIA Novosti.

Kadr iz filma Ti ne sirota. Rejisser: Shuxrat Abbasov. Kinostudiya Uzbekfilm. 1962 god. V roli materi - aktrisa Lyutfi Sarimsakova, v roli otsa - artist Obid Djalilov. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek diplomatlarining G‘alaba yubileyiga bag‘ishlangan videosi rossiyaliklarni yig‘latdi

"Kiodo" axborot agentligi xabariga ko‘ra, "koronavirus tarqalishi munosabati bilan" uchrashuvga tayyorgarlik yuzasidan o‘tkazilgan dastlabki muzokaralarda, xususan, ikki davlat tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida "oldinga siljish" kuzatilmagan.

Fevral oyida yapon tomoni Abening Moskvadagi tantanalarda ishtiroki, shuningdek, Vladimir Putin bilan uchrashuvi masalasi ko‘rib chiqilayotgani haqida ta’kidlagan va safar sanasi taxminan 8 yoki 10-may deya ko‘rsatilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, sal oldin Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov koronavirus atrofidagi vaziyat tufayli Moskvada G‘alaba Paradi o‘tkaziladigan sanaga o‘zgartirish kiritilmagani haqida xabar bergan edi.

Ulug‘ Vatan urushida sovet xalqining qozongan G‘alabasi munosabati bilan yubiley Parad 9-may kuni Qizil maydonda o‘tkaziladi.

Sal oldin Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov 17 mamlakat yetakchilari joriy yilda o‘tkaziladigan tantanalarga tashrif buyurish istagini tasdiqlaganini aytgan edi.

Yangiliklar lentasi
0