Siyosat pandemiyadan ham ustun - BMTda Rossiya taklifi bloklandi

© AFP 2023 / HAZEM BADERFlag OON
Flag OON - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning pandemiya sharoitida barcha sanksiyalarni bekor qilish haqidagi taklifi AQSh, Yevropa, Britaniya, Ukraina va Gruziya tomonidan bloklandi.

TOShKENT, 3 apr - Sputnik. AQSh, YeI, Buyuk Britaniya, Ukraina va Gruziya BMT Bosh assambleyasida Rossiya tomonidan mamlakatlarning koronavirus bilan kurashishiga halaqit beruvchi bir tomonlama sanksiyalarni bekor qilishga chaqiruvchi rezolyutsiya loyihasini qabul qilinishiga to‘sqinlik qilishdi, deb xabar beradi RIA Novosti Rossiya elchixonasiga tayanib.

Flag u Shtab-kvartiri OON v Nyu-Yorke - Sputnik O‘zbekiston
BMT koronavirus tufayli barcha sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi

Avvalroq Rossiya Bosh assambleyaga koronavirus bilan kurashda birdamlik Deklaratsiyasini qabul qilishni taklif qilgan edi. Hujjat JSSTning pandemiyaga qarshi kurashdagi yetakchiligini tan oladi. Matnga ko‘ra, davlatlar o‘zaro va JSST bilan hamkorlik qilishga, shu jumladan COVID-19 tarqalishi va davolashga qarshi kurash usullarini ishlab chiqishga kelishib olishadi. Bundan tashqari, hujjat mamlakatlardan eng ko‘p zarar ko‘rgan davlatlarga, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam berishni, savdo urushlarini va BMT Xavfsizlik Kengashini chetlab o‘tib qabul qilingan bir tomonlama sanksiyalarni qo‘llashdan to‘xtatishga chaqirgan. BMTga a’zo yana 28 davlat ushbu deklaratsiyaga hammualliflik qilishdi.

"Ma’lumki, biz taqdim etgan hujjatning konsensusli qabul qilinishi amalga oshmadi. Bunga Ukraina, Gruziya, Buyuk Britaniya, AQSh va YeI to‘sqinlik qildi. Biz sanksiyalar siyosatining apologetlari kichik guruhi BMT Bosh kotibining murojaatiga javob berishga tayyor emasligi va o‘zlarining siyosiy manfaatlari va yondoshuvlaridan voz kecha olmaganliklaridan afsusdamiz”, - deyiladi sharhda.

"Natijada yangi pandemiya xavfiga global va qat’iy javob berish yanada qiyin bo‘ladi. Ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda juda ko‘p odamlar azob chekishi mumkin", - deyiladi unda.

Zdanie Ministerstva inostrannix del RF. Arxivnoe foto. - Sputnik O‘zbekiston
Moskva Vashingtonni zudlik bilan Erondan sanksiyalarni olib tashlashga chaqirmoqda

Sharhda aytilishicha, Moskva YeI, AQSh va Buyuk Britaniyaning Deklaratsiya loyihasiga to‘siq yaratish uchun mantiq va tushuntirishlarni yozma ravishda tinglashni va ko‘rishni xohlaydi. "Shu bilan birga, biz Ukraina va Gruziyani ushbu harakatlardan xalos etishni istardik va xursand bo‘lardik, chunki ularning mulohazalari odatdagidek takabbur va siyosiylashtirilgan bo‘lib, aksariyat a’zo davlatlarni tushunishi uchun hech narsa bermaydi", - deya ta’kidlaydi vakolatxona.

Rossiya tomonidan taklif qilingan Deklaratsiyani kichik bir guruh davlatlar to‘sib qo‘ygan bo‘lishiga qaramay, Rossiya tomoni ushbu masalada hamfikr mamlakatlar bilan muvofiqlashtirishni davom ettiradi, deyiladi sharhda.

Moskva barcha manfaatdor davlatlar unga qo‘shilishini kutmoqda.

Rossiya va dunyodagi COVID-19 bilan bog‘liq so‘nggi ma’lumotlar stopkoronavirus.rf portalida keltirilgan.

Yangiliklar lentasi
0