14:48 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (879)
51510

"Kasallik alomatini sezdingizmi, darhol shifokorlarga murojaat qiling. Takror aytaman, kasallikni oilamizga kirib kelmasligi, oʻzimiz va yaqinlarimizni ushbu illatdan saqlab qolish, eng avvalo, oʻzimizga bogʻliq!" - degan prezident.

TOSHKENT, 8 apr - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻzida kasallik alomatlarini sezgan fuqarolarga darhol shifokorga murojaat etishni maslahat berdi.

Bu haqda davlat rahbari 8 aprel kuni koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda joylardagi ishlar natijadorligi tahliliga bagʻishlab oʻtkazgan videoselektor yigʻilishida gapirgan.

Yigʻilishda prezident targʻibot ishlariga qaramay uyida davolangan va ogʻir holatda yotqizilgan 40 yashar bemor kecha olamdan oʻtganiga eʼtibor qaratgan.

Marhumning oila aʼzolariga hamdardlik bildirar ekan, Mirziyoyev yana bir bor barchani ogohlikka chaqirgan.

“Kasallik alomatini sezdingizmi, darhol shifokorlarga murojaat qiling. Takror aytaman, kasallikni oilamizga kirib kelmasligi, oʻzimiz va yaqinlarimizni ushbu illatdan saqlab qolish, eng avvalo, oʻzimizga bogʻliq!” - degan prezident.

Afsuski, karantin va sanitariya-gigiyena talablariga befarq qarayotgan shaxslar ham yoʻq emas.

Oʻtgan davrda karantin qoidalarining 47 mingga yaqin buzilish holatlari, shu jumladan, 34 ming marta niqob taqmaslik, 11 ming marta avtotransportda karantinga rioya qilmaslik holatlari aniqlanib, jarimalar qoʻllangan. Hattoki, 24 ta holatda yuzlab odamlarni toʻplab, ziyofat va marosimlar oʻtkazilgani aniqlangan.

"Butun dunyoning boshiga tushgan bu murakkab sinovdan biz, Xudo xohlasa, yanada kuchli boʻlib, bir-birimizga mehrimiz yanada ziyoda boʻlib, albatta yorugʻ yuz bilan oʻtib olamiz. Faqat tartib-intizomga qatʼiy rioya qilib, oʻrinsiz vahimaga tushmasak, tushkunlikka berilmasak, marra bizniki boʻladi. Bu vaqtinchalik qiyinchilik va muammolar, albatta, oʻtib ketadi. Pok niyatli, dinu diyonatli, sabr-bardoshli, olijanob xalqimiz bilan hali koʻp yaxshi kunlarni koʻramiz, koʻp toʻy-tomosha va tantanalarni birgalikda nishonlaymiz, oldimizga qoʻygan maqsadlarimizga albatta yetamiz,” – deb taʼkidlagan Oʻzbekiston rahbari.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (879)

Asosiy mavzular