10:03 28 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Siyosat
Havola olish
152210

"Biz qurilish majmuasini albatta qoʻllab-quvvatlaymiz. Bundan tashqari, iqtisodni tiklash bosqichida aynan iqtisod oʻsish lokomotivi boʻlishi va boshqa sektorlarni tortib ketishi lozim", - deb vaʼda qilgan Putin.

TOSHKENT, 17 apr — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin videoselektor yigʻilishi davomida regionlar rahbarlariga moslashuvchan yondashuvni qoʻllashni va qurilishlarni muzlatmaslikni tavsiya etdi, deyiladi Kreml saytida eʼlon qilingan stenogrammada.

Rossiyalik pudratchilar oʻn minglab quruvchilarni oʻz-oʻzini izolyatsiyalash rejimiga yuborish haqidagi qarorni keskin tanqidga olgach, prezident, agar choralar koʻriladigan taqdirda, "qurilishni toʻxtatmaslik, obʼyektlarni muzlatmaslik" mumkinligi haqida bayonot qildi.

Davlat rahbari, joylarda profilaktik choralarni qoʻllayotganda qurilish sohasining oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olish lozimligi, chunki baʼzan ayniqsa muhim, hayot uchun birinchi galda zarur boʻlgan obʼyektlarda uzluksiz ish tartibiga zarurat borligini taʼkidlab oʻtdi.

"Biz qurilish majmuasini albatta, qoʻllab-quvvatlaymiz. Bundan tashqari, iqtisodni tiklash bosqichida aynan iqtisod oʻsish lokomotivi boʻlishi va boshqa sektorlarni tortib ketishi lozim", - deb vaʼda qilgan Putin.

Eslatib oʻtamiz, Moskva va Podmoskovye hukumati qurilish ishlarini 13 apreldan 19 aprelga qadar toʻxtatish qarorini qabul qilgan. Ushbu choralar koronavirus tarqalishining oldini olishga qarshi kurash doirasida qabul qilingan edi.

Ammo poytaxtda va Moskva viloyatidagi pudratchilar sal oldin RF bosh vaziri Mixail Mishustindan poytaxt hududida qurilishni toʻxtatish haqidagi qarorni qayta koʻrib chiqishni va qurilish ishlari toʻxtashi choʻzilib ketmasligini iltimos qildilar.

Asosiy mavzular