05:34 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Siyosat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (965)
1660 0 0

Rossiya prezidenti Vladimir Putin pandemiya tufayli chet elliklarning mamlakatda vaqtincha boʻlish muddatini uzaytirdi. Tegishli hujjat Kreml saytida eʼlon qilingan.

TOSHKENT, 18 apr — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirus pandemiyasi davrida Rossiyadagi chet elliklar yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, xususan mehnat migrantlariga istisno va imtiyozlar beruvchi yangi qarorni imzoladi.

Kreml rasmiy saytida eʼlon qilingan hujjatga koʻra, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning mamlakatdan ixtiyoriy chiqib ketish, deportatsiya qilish muddatlarini joriy yilning 15 iyuniga qadar uzaytirish koʻzda tutilgan.

Shuningdek, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Rossiya Federatsiyasida vaqtincha boʻlish, vaqtincha yoki doimiy yashash, yashash joyida roʻyxatda turgan muddatlarining yuqorida koʻrsatilgan vaqt davomida tugashi koʻzda tutilgan boʻlsa, ushbu muddatlar tugatilmaydi.

Yuqorida belgilangan vaqt davomida amal qilish muddati tugaydigan vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma, yashash guvohnomasi, amal qilish muddati koʻrsatilgan migratsion karta, ishlash uchun ruxsatnoma, patent, chet el ishchilarini jalb qilish va ulardan foydalanish uchun ruxsatnoma kabi hujjatlar muddati toʻxtatilmaydi.

Shuningdek, mazkur qarorga muvofiq ish beruvchilarga koronovirus tarqalishi munosabati bilan mamlakatda joriy etilgan cheklovlar va sanitariya-epidemiologik talablarni taʼminlashga qaratilgan boshqa choralarning bajarilishi sharti bilan chet el fuqarolarini patentga ega boʻlmagan taqdirda ham ishga jalb qilishga ruxsat berilgan.

Eslatib oʻtamiz, koronavirus infektsiyasi COVID-19 pnademiyasi butun dunyoni qamrab oldi. BSST soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, virusga chalinganlar soni 2 millionga yetgan, 140 mingga yaqin inson ushbu kasallik qurboniga aylangan.

Shu fonda koʻplab davlatlar, shu jumladan, Rossiya ham cheklov choralarini koʻrmoqda: butun dunyo boʻylab yoʻlovchilar aviatashuvi deyarli toʻxtatilgan, koʻplab davlatlar oʻz chegaralarini yopgan, aholiga oʻz-oʻzini izolyatsiyalash rejimiga qatʼiy amal qilish tavsiya etilgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (965)

Asosiy mavzular