02:59 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Siyosat
Havola olish
92720

Rossiya TIV rahbari Gʻarb Markaziy Osiyo mintaqasida RF taʼsirini cheklashga harakat qilayotgani va bu bilan Rossiya bilan raqobatga kirishayotganiga eʼtibor qaratdi

TOSHKENT, 21 apr — Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Aleksandr Gorchakov nomidagi xalq diplomatiyasi qoʻllab-quvvatlash fondi ishtirokchilari bilan oʻtkazilgan doira suhbati davomida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi nomiga yogʻdirilayotgan tanqidlar nima bilan bogʻliqligi haqida gapirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

"Mukammallikning cheki yoʻq. Lekin Qirgʻizistonda (YEOIIda) nimanidir oʻzgartirish kerakligi toʻgʻrisida fikrlar tarqalayotgan ekan, men bu kimoʻzalik jarayoni aksi, Markaziy Osiyo uchun raqobat jarayonining aksi ekanligini istisno etmayman. Bizning gʻarblik hamkasblarimiz bu kurashga faol bel bogʻlagan. Biz bunday raqobatni foydali, deb hisoblamaymiz, Markaziy Osiyo davlatlariga yordam berish uchun hamkorlik qilgan maʼqul", — dedi Rossiya tashqi siyosiy mahkama vakili.

Eslatib oʻtamiz, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi Oliy kengashi virtual majlisi 14 aprel kuni oʻtkazilgan edi. Davlat rahbarlari COVID-19 koronavirusi tarqalishiga qarshi kurashishda saʼy-harakatlarni birlashtirishga eʼtibor qaratdilar.

YEOII mamlakatlari yetakchilari yakuniy bayonotda barcha mamlakatlarni qurollangan mojarolarga chek qoʻyishga, savdo urushlarini va biryoqlama sanktsiyalarni toʻxtatishga chaqirgan edilar.

YEOII - 2015 yilning 1 yanvaridan faoliyat yuritib kelayotgan integrallashgan iqtisodiy birlashmadir. Ittifoq aʼzolari — Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston va Qirgʻiziston. 2020 yilda YEOII organlarida Belarus raislik qilib kelmoqda. Moldova 2018 yildan YEOII qoshida kuzatuvchi hisoblanadi.

Asosiy mavzular