02:44 25 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Siyosat
Havola olish
Gʻalabaning 75 yilligi (59)
2790 0 0

1945 yilda SSSR Oliy Kengashi 3 sentyabrni Yaponiya ustidan qozonilgan gʻalaba kuni sifatida eʼlon qilgan. Xuddi shu sana jang ishtirokchilari taqdirlangan "Yaponiya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun" medalining orqa tomonida koʻrsatilgan

TOSHKENT, 25 apr - Sputnik. Vladimir Putin Ikkinchi jahon urushi tugagan sanani 3 sentyabrga koʻchirish haqidagi qonunni imzoladi, deb xabar beradi RIA Novosti.

Bunga qadar Harbiy shon-sharaf kuni 2 sentyabrda nishonlangan.

Hujjat mualliflari Davlat dumasi deputatlari Vladimir Shamanov, Georgiy Karlov va senatorlar Grigoriy Karasin hamda Mixail Kozlov ekanligi aytilmoqda. Ularning soʻzlariga koʻra, qonun Ikkinchi jahon urushi gʻoliblariga nisbatan tarixiy adolatni saqlab qolgan. Bundan tashqari, ushbu hujjat halok boʻlganlar xotirasini munosib tarzda abadiylashtirishga qaratilgan.

1945 yilda SSSR Oliy Kengashi 3 sentyabrni Yaponiya ustidan qozonilgan gʻalaba kuni sifatida eʼlon qilgan. Xuddi shu sana jang ishtirokchilari taqdirlangan "Yaponiya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun" medalining orqa tomonida koʻrsatilgan. Ammo, ikki yil oʻtib ushbu kun ish kuni sifatida eʼlon qilingan, vaqt oʻtib esa, ushbu bayram xotiralardan koʻtarilgan.

Mavzu:
Gʻalabaning 75 yilligi (59)

Asosiy mavzular