Tokayev Nazarboyevning qizini egallab turgan lavozimidan bo‘shatdi

© Sputnik/Vladislav VodnevDariga Nazarbayeva
Dariga Nazarbayeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dariga Nazarboyeva 2019-yilning mart oyida mamlakat parlamenti yuqori palatasi spikeri etib saylangan. 2016-yil sentabridan parlament senati deputati sifatida faoliyat yuritib kelgan.

TOShKENT, 2-may - Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev mamlakat parlamenti senati (yuqori palatasi)deputati Dariga Nazarboyevaning vakolatlarini to‘xtatish to‘g‘risida farmonni imzoladi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot-xizmati.

Nazarbayeva Dariga. Deputat senata parlamenta Respubliki Kazaxstan - Sputnik O‘zbekiston
Dariga Nazarbayeva Qozog‘iston Senati raisi etib saylandi

"Davlat rahbari farmoni bilan Qozog‘iston Respublikasi parlamenti yuqori palatasi deputati Nazarboyeva Dariga Nursultonovnaning vakolatlari to‘xtatildi", - deyiladi matbuot-xizmati xabarida.

Nazarboyevaning vakolati nima sababdan to‘xtatilgani hozircha ochiqlangani yo‘q.

Dariga Nazarboyeva 2019-yilning mart oyida mamlakat parlamenti yuqori palatasi spikeri etib saylangan. 2016-yil sentabridan parlament senati deputati sifatida faoliyat yuritib kelgan. 2019-yilning avgustida Tokayev Nazarboyevani vakolatlari muddati tugagani tufayli senat deputati etib qayta tayinlagandi.

Yangiliklar lentasi
0