03:36 06 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
59630

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Sardoba suv omboriga borib, toʻgʻonni tiklash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni koʻzdan kechirdi. Mutaxassislar bilan atroflicha muhokama qilgan holda, dambani mustahkamlash boʻyicha qator koʻrsatmalar berdi.

TOSHKENT, 2 may - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatida yuz bergan favqulodda vaziyat sababli ushbu hududda boʻlib turibdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev s rabochey poyezdkoy v Sыrdarinskoy oblasti, gde proizoshlo navodneniye
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.

Davlat rahbari topshirigʻi bilan Hukumat komissiyasi tuzilib, bu boradagi ishlarga barcha kuch va vositalar safarbar etildi. Suv bosgan mahallalar aholisi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilindi, boshpana va oziq-ovqat bilan taʼminlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev s rabochey poyezdkoy v Sыrdarinskoy oblasti, gde proizoshlo navodneniye
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.
Prezident Shavkat Mirziyoyev s rabochey poyezdkoy v Sыrdarinskoy oblasti, gde proizoshlo navodneniye

Yuzaga kelgan talafotlarni bartaraf etish ishlari bugun ham davom etmoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Mudofaa vazirligi, huquq-tartibot idoralari, qurilish-taʼmirlash tashkilotlari va mahalliy hokimliklar oʻzaro muvofiq harakat qilib, turmush sharoitlarini tiklash choralarini koʻrmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev s rabochey poyezdkoy v Sыrdarinskoy oblasti, gde proizoshlo navodneniye
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.
Prezident Shavkat Mirziyoyev s rabochey poyezdkoy v Sыrdarinskoy oblasti, gde proizoshlo navodneniye

Taʼkidlash joizki, bu yerda tiklash ishlari kunu tun tashkil qilingan, yuzlab qurilish va boshqa maxsus texnikalar tinimsiz ishlamoqda. Suv inshootlariga ixtisoslashgan yuqori malakali muhandislar, boshqa tutash soha va tarmoqlar ishchi va ekspertlari jalb etilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev s rabochey poyezdkoy v Sыrdarinskoy oblasti, gde proizoshlo navodneniye
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.
Prezident Shavkat Mirziyoyev s rabochey poyezdkoy v Sыrdarinskoy oblasti, gde proizoshlo navodneniye

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Sardoba suv omboriga borib, toʻgʻonni tiklash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni koʻzdan kechirdi. Mutaxassislar bilan atroflicha muhokama qilgan holda, dambani mustahkamlash boʻyicha qator koʻrsatmalar berdi.

Asosiy mavzular