23:55 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
102303

Nota Qozogʻiston chegara xizmatiga qarashli qirgʻoq mudofaasi xodimlari Ozarbayjon fuqarolarini qoʻlga olishda quroldan foydalanganliklari tufayli yoʻllangan

TOSHKENT, 2 may - Sputnik. Ozarbayjon TIV Qozogʻistonning Bakudagi favqulodda va muxtor elchisi Serjan Abdikarimovga notani topshirdi, deb xabar qiladi Sputnik Ozarbayjon.

Ozarbayjon TIV shanba kuni tarqatgan xabarga koʻra, tashqi ishlar vaziri oʻirnbosari Xalaf Xalafov elchi bilan uchrashgan va muloqot davomida Ozarbayjon fuqarolarini qoʻlga olishda Qozogʻiston chegara xizmatiga qarashli qirgʻoq mudofaasi xodimlari tomonidan ularga nisbatan quroldan foydalanganilgani munosabati bilan Ozarbayjon tomon jiddiy havotir bildirayotganini maʼlum qilgan.

Ushbu hodisa davomida bir kishi halok boʻlgan, ikki nafari jarohatlangan.

Xabarda aytilishicha, 2020 yilning 30 aprelida Qozogʻiston chegara xizmatiga qarashli qirgʻoq mudofaasi Ozarbayjon fuqarolari boʻlgan Ibragimov, Nuriyev, Axmedov va Novroʻzovlarni qoʻlga olish vaqtida quroldan foydalangan.

Oqibatda bir kishi halok boʻlgan, ikki nafari jarohatlangan.

Ayni vaqtda halok boʻlgan fuqaro jasadi Qozogʻiston tomonida qolmoqda.

Xalafov Qozogʻiston elchisiga Ozarbayjon TIV tomonidan yoʻllangan tegishli notani topshirgan.

Asosiy mavzular