02:14 06 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (56)
56420

Yigʻilishda favqulodda hodisa va uning oqibatlari atroflicha tahlil qilinib, zarur chora-tadbirlar belgilangan.

TOSHKENT, 2 may - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻzi boʻlib turgan hudud - Sirdaryo viloyati Guliston shahrida yigʻilish oʻtkazdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot-xizmati.

Yigʻilishda favqulodda hodisa va uning oqibatlari atroflicha tahlil qilinib, zarur chora-tadbirlar belgilangan.

"Tadbirda Sardoba suv ombori toʻgʻonining kutilmaganda ochilishi va uning oqibatlari atroflicha tahlil qilindi, tegishli xulosalar chiqarildi", - deyiladi xabarda.

Aholi salomatligini saqlash, talafot koʻrganlarga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatish, ijtimoiy obʼyektlar va qishloq xoʻjaligi maydonlarini tezroq tiklash boʻyicha dolzarb masalalar muhokama qilinib, zarur chora-tadbirlar belgilangan.

Eslatib oʻtamiz, kuni kecha erta tongda, Sardoba suv omboridagi toʻgʻondan suv siza boshlagani, aholining bir qismi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan evakuatsiya qilingani haqida xabarlar tarqaldi.

Soʻngra Sardoba tumani Qoʻrgʻontepa aholi yashash punktiga suv kirgani maʼlum boʻldi.

Suv omboridagi avariyadan soʻng voqea joyiga zudlik bilan prezident Shavkat Mirziyoyev va bosh vazir Abdulla Aripov yetib borgan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Sirdaryo viloyatida boʻlib turibdi. Davlat rahbari 1 may kuni Oqoltin tumanida aholi bilan boʻlgan muloqotda "sharoit yaxshilanmagunicha, rahbarlarning birortasi, men bosh, hech qayerga ketmaydi", deb aytgan.

Taʼkidlashlaricha, avariyaga kuchli yomgʻir va shamol sabab boʻlgan.

Sodir boʻlgan favqulodda vaziyat yuzasidan FVVda koll-tsentr faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Qoʻngʻiroqlar 1205 va 1250 qisqa telefon raqamlari orqali qabul qilinmoqda.

Mavzu:
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (56)

Asosiy mavzular