11:52 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)
47800

Avvalroq qozogʻistonlik vazir oʻrinbosari mamlakat Oʻzbekistonga rasmiy xat yuborishi hamda Sardoba suv omboridagi toʻgʻonning oʻpirilishi borasida toʻliq maʼlumot berishni talab qilishini maʼlum qilgan edi.

TOSHKENT, 5 may — Sputnik. Qozogʻiston Turkiston viloyatidagi suv toshqini sabab Oʻzbekistonga diplomatik nota yoʻllamoqchi emas. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Aybek Smadiyarov maʼlum qildi.

Uning aniqlik kiritishicha, Oʻzbekiston hududidagi Sardoba suv ombori toʻgʻonining oʻpirilishi va Turkiston viloyatining qator aholi punklarini suv bosishi bilan bogʻliq vaziyat Qozogʻiston hukumatining alohida nazorati ostida.

“Ikkinchi may kuni Qozogʻiston prezidentining Oʻzbekiston rahbari bilan telefon suhbati boʻlib oʻtdi. Unda tomonlar yuzaga kelgan vaziyatni muhokama qilishdi va ikki mamlakat hukumatining  muvofiqlashtirilgan ishi toʻgʻrisida kelishib olishdi. Hukumatlar va toshqin oqibatlarini birgalikda bartaraf etishga oid chegaraoldi mintaqalar rahbarlarining yaqin hamkorligini inobatga olgan holda oʻzbek tomoniga Qozogʻiston TIV notasini yoʻllash masalasi oʻrin olmagan”, - deya Smadiyarov soʻzlaridan keltirgan Sputnik Qozogʻiston nashri.

Avvalroq Qozogʻiston ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vaziri oʻrinbosari Sergey Gromov mamlakat Oʻzbekistonga rasmiy xat yuborib, Sardoba suv omboridagi toʻgʻonning oʻpirilishi borasida toʻliq maʼlumot berishni talab qilishini maʼlum qilgan edi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Qozogʻistonning suv bosgan hududlarini qayta tiklashda yordam berishi va Turkiston viloyati hokimi Umirzak Shukeyev oʻzbekistonlik mutaxassislar uchun chegarani ochishni soʻrayotgani xabar qilingan edi.

Mavzu:
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)

Asosiy mavzular