MDH tashqi ishlar vazirlari muzokaralarni onlayn rejimda o‘tkazadi

© Internet-portal SNGFlagi stran uchastnis SNG
Flagi stran uchastnis SNG - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hamdo‘stlik tashqi ishlar vazirlari virtual uchrashuvining kun tartibida turizmni rivojlantirish, yoshlar aloqalarini faollashtirish, sport va madaniyat sohasidagi hamkorlikni kengaytirish. 2020-yilda MDHga O‘zbekiston raislik qilmoqda.

TOShKENT, 5-may - Sputnik. 12-may kuni MDH Tashqi siyosiy idoralari rahbarlari Kengashining videokonferensiya tarzida yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbir masofaviy bo‘lishiga qaramay, vazirlar Hamdo‘stlik mamlakatlari fuqarolarining bevosita aloqalarini nazarda tutgan dastur va rejalarni muhokama qiladilar.

 Prezident RF Vladimir Putin na seremonii sovmestnogo fotografirovaniya Soveta glav gosudarstv Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv (SNG). Sleva napravo: prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev, premyer-ministr Armenii Nikol Pashinyan, prezident Belorussii Aleksandr Lukashenko, prezident Kazaxstana Kasim-Jomart Tokayev, prezident Kirgizii Sooronbay Jeenbekov, p.rezident, predsedatel kabineta ministrov Turkmenii Gurbanguli Berdimuxamedov. Sprava nalevo: predsedatel Ispolnitelnogo komiteta - ispolnitelniy sekretar Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv (SNG) Sergey Lebedev, prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev, prezident Tadjikistana Emomali Raxmon i prezident Moldavii Igor Dodon. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston 2020-yilda MDHda raislik qiladi

MDH Ijroya qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, tashqi ishlar vazirlari Kengashi kun tartibi loyihasiga kiritilgan hujjatlarning muhim qismi gumanitar masalalarga qaratilgan. Gap MDHga a’zo davlatlarning 2021–2030 yillarga mo‘ljallangan xalqaro yoshlar hamkorligi strategiyasi haqida ketadi. Asosiy maqsad - Hamdo‘stlik mamlakatlari yoshlarining aloqalarini faollashtirishdir. Vazirlar 2021–2025 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma madaniy tadbirlar ro‘yxatini ham muhokama qiladilar.

Yana bir loyiha - Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tarmoq universitetini (MDH TU) tashkil etish va ishlashi to‘g‘risidagi bitim. Universitet qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish uchun birlashtirilgan ta’lim tashkilotlari tarmog‘i bo‘ladi.

Bundan tashqari, MDH Tashqi ishlar vazirlari Kengashi yig‘ilishida 2021–2030 yillarda turizmni rivojlantirish Strategiyasi muhokama qilinadi. Ushbu hujjat Hamdo‘stlikka a’zo davlatlarning davlat organlari, milliy turizm tashkilotlari va boshqa turizm industriyasi subyektlarining sa’y-harakatlarini birlashtirishga yordam beradi.

Flagi stran uchastnis SNG - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston 2020-yilda MDH raisligidagi Konsepsiyasini taqdim etdi

Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi Taraqqiyot strategiyasi ham uzoq vaqtga mo‘ljallangan (2021-2030 yillar). Uning vazifasi Hamdo‘stlik hududidagi milliy tashkilotlar o‘rtasidagi sheriklik aloqalarini kengaytirishdir.

Shuningdek, vazirlar xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadilar va TIVning 2020-yilga ko‘p darajali  tashqi ishlar vazirligi idoralariaro maslahatlashuvlar rejasini tasdiqlashadi. Bu turli xalqaro maydonlarda idoralarni muvofiqlashtirishni ko‘zda tutadi.

MDH TIV rahbarlari korrupsiyaga qarshi kurash va MDHga a’zo davlatlar qurolli kuchlarining qo‘shma aloqa tizimini yaratish masalalarini muhokama qiladilar. Rossiya tomonining taklifiga binoan MDH Tashqi ishlar vazirlari Kengashining kun tartibiga xalqaro huquqning rolini kuchaytirish to‘g‘risidagi tashqi ishlar vazirlarining  Qo‘shma bayonot berishining qo‘shimcha masalasi kiritildi.

Yangiliklar lentasi
0