04:12 06 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (56)
34110

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.

TOSHKENT, 6 may — Sputnik. Bugun, 6 may kuni, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati. 

Suhbat chogʻida doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklikka asoslangan koʻp qirrali Oʻzbekiston-Turkmaniston munosabatlarining joriy holati va ularni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Davlat rahbarlari savdo, energetika, transport va tranzit, sanoat va qishloq xoʻjaligi sohalaridagi amaliy hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani va samarali idoralararo aloqalar yoʻlga qoʻyilganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Hamkorlikka oid ustuvor loyihalarni, shu jumladan ikki tomonlama Hukumatlararo komissiya faoliyati doirasida ilgari surish maqsadida birgalikdagi saʼy-harakatlarni faol davom ettirishga kelishib olindi.

Muloqotda, shuningdek, mamlakatda Sardoba suv omboridagi favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish bilan bogʻliq masalalarga toʻxtalib oʻtildi.

Koronavirus infektsiyasining tarqalishi bilan bogʻliq epidemiologik vaziyat xususida ham fikr almashildi.

Ushbu xavfli kasallikning oldini olish, shuningdek, bugungi murakkab davrda milliy iqtisodiyot va aholini qoʻllab-quvvatlash borasida birodar mamlakatlarda koʻrilayotgan choralar toʻliq qoʻllab-quvvatlandi.

Prezidentlar tegishli vazirlik va idoralarga virusga qarshi samarali kurashni tashkil etish masalalarida oʻzaro muvofiqlashuv va hamkorlikni kuchaytirish boʻyicha topshiriq berdilar.

Oʻzbekiston va Turkmaniston yetakchilari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikka oid qator dolzarb masalalarni ham koʻrib chiqdilar.

Suhbat har doimgidek samimiy, ochiq va doʻstona ruhda oʻtdi.

Mavzu:
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (56)

Asosiy mavzular