Putin va Mirziyoyev koronavirus pandemiyasi atrofidagi vaziyatni muhokama qildi

Obuna bo‘lish
Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Ular bir-birlarini Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 75-yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etishdi.

TOShKENT, 7-may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, davlat rahbarlari bir-birlarini Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 75-yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etishgan. Xususan, frontchilar  va front ortida mehnat qilganlarning jasorati haqida xotiralarni saqlash muhimligini ta’kidlashgan.

Koronavirus pandemiyasi atrofidagi vaziyatni muhokama qilishda Rossiya va O‘zbekistonning bir-biriga infeksiya tarqalishiga qarshi kurashda berayotgan yordamiga yuqori baho berilgan. Ushbu yo‘nalishda yaqin hamkorlikni davom ettirish tasdiqlangan.

Shuningdek, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlikning boshqa dolzarb masalalari ham muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya O‘zbekistonga koronavirusni aniqlaydigan test tizimlarini jo‘natgan edi. Shuningdek, videoaloqa orqali Rossiya mutaxassislari bilan doimo maslahatlashuvlar o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Rossiyaga doka va tibbiy niqobdan iborat to‘rt partiya insonparvarlik yordamini yuborgan edi.

Yangiliklar lentasi
0