10:48 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Siyosat
Havola olish
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (64)
478 0 0

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 may kuni Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev va Elboshi Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

TOSHKENT, 8 may — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 may kuni Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati. 

Suhbat avvalida davlat rahbarlari yaqinlashib kelayotgan bayram – fashizm ustidan qozonilgan  Gʻalaba kuni munosabati bilan bir-birlarini tabriklab, mamlakatlar faxriylari va birodar xalqlariga tinchlik, sihat-salomatlik va farovonlik tiladilar.

Chegaraoldi hududlarda Sardoba suv omboridagi favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish maqsadida yaqin hamkorlikni davom ettirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Jabr koʻrgan tumanlarda aholiga manzilli yordam koʻrsatish va infratuzilmani tiklash boʻyicha navbatdagi qadamlar kelishib olindi.

Prezidentlar koronavirus infektsiyasi tarqalishi bilan bogʻliq joriy epidemiologik vaziyatni ham koʻrib chiqdilar. Pandemiyaga qarshi kurash, aholi va biznes uchun cheklovlarni bosqichma-bosqich yumshatish borasida mamlakatlarda koʻrilayotgan choralar qoʻllab-quvvatlandi.

Muloqot chogʻida savdo-iqtisodiy sohada erishilgan kelishuvlarni tez fursatlarda amalga oshirish, jumladan, avtomobilsozlik, qishloq xoʻjaligi, qayta ishlash sanoati, transport va logistika, boshqa tarmoqlarda istiqbolli loyihalarni tayyorlash va ilgari surish muhimligi qayd etildi.

Oʻzbekiston va Qozogʻiston prezidentlari xalqaro ahamiyatga molik qator masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasining birinchi prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida ikki mamlakat yetakchilari Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligi munosabati bilan bir-birlarini samimiy tabriklab, ezgu tilaklar bildirdilar.

Muloqot chogʻida chegaraoldi hududlarda Sardoba suv omboridagi favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish bilan bogʻliq masalalar koʻrib chiqildi. Aholiga zarur yordamni koʻrsatish, infratuzilma va kommunikatsiyalarni qayta tiklash borasida birgalikda amalga oshirilayotgan birinchi navbatdagi tadbirlar qoʻllab-quvvatlandi.

Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini, avvalo savdo-iqtisodiy sohada kengaytirish masalalariga alohida toʻxtaldilar.

Pandemiyaning salbiy oqibatlari taʼsirini kamaytirish maqsadida amaliy hamkorlikning yangi loyihalari va yoʻnalishlarini ishlab chiqishda ikki mamlakat bosh vazirlari rahbarligidagi qoʻshma Hukumatlararo komissiyaning muhim rol oʻynashi taʼkidlandi.

Shuningdek, xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar hamda Markaziy Osiyo mintaqasida yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.

Mavzu:
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (64)

Asosiy mavzular