Putin razvedkadagi xizmati va Vatanga muhabbat haqida gapirdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya yetakchisining aytishicha, rossiyaliklar hayoti asosi - avloddan avlodga meros bo‘lgan Vatanga bo‘lgan muhabbatdir

TOShKENT, 8-may – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin davlat xavfsizligi organlaridagi faoliyati davomida asosan nolegal razvedka yo‘nalishida ishlagani haqida gapirdi.

Prezident Rossii Vladimir Putin na ispitaniyax istrebitelya T-50 - Sputnik O‘zbekiston
Yana bir kurashga shaylangan Putinning "g‘alaba"lari

Rossiya yetakchisi G‘alaba kuni arafasida "Mir" teleradio kompaniyasiga intervyu berdi.

"Albatta, ajdodlarimiz - otalarimiz, onalarimiz, buvi va buvalarimiz o‘zlarini qanday tutishganini hamisha yodimizda saqlashimiz kerak. Ular o‘z Vatanlariga, ayniqsa, u xatarda qoladigan bo‘lsa, qanday munosabatda bo‘lishganini dasturi amal qilib olishimiz lozim", - dedi Putin.

Davlat rahbari fikricha, odamlar aynan shu merosdan kelib chiqqan holda o‘z xatti-harakatlarini shakllantirishlari kerak. "Lekin xuddi shunday holatda biz o‘zimizni qanday tutishimiz lozimligi faqat bizga bog‘liq bo‘lishi kerak", - deya davm etdi u.

"Oliy o‘quv dargohini - Leningrad davlat universitutini tamomlaganimdan keyin mening birinchi ish joyim - davlat xavfsizligi organlari bo‘lgan. Men qisqa fursat ichida tashqi razvedkaga ishga o‘tganman va asosan nolegal razvedka liniyasida ishlaganman", - dedi Putin.

"Bizni u yerda Vatanga mutlaq sadoqat ruhida tarbiyalashgan. Ammo 1941-yilda ota va bobolarimiz boshiga tushgan kunlar bizning boshimizga tushishidan Xudo asrasin", - deb qo‘shimcha qildi u.

Vladimir Putin, 2016-yil Sochida bo‘lib o‘tgan Rossiya-ASEAN sammitida ishtirok etayotgan delegatsiya rahbarlari yig‘ilishida - Sputnik O‘zbekiston
Putin 20-yil mobaynida hokimiyat tepasida - eng yorqin suratlar

Rossiyaliklar g‘oliblar avlodidan qanday fe’l-atvorni meros olganliklari haqidagi savolga javob berar ekan, Rossiya yetakchisi: "Bunday savolga fundamental iboralar bilan javob berish lozimligi, bunday iboralarni G‘alaba sharafiga otiladigan salyut va pushka to‘plari ovoziga taqqoslash mumkinligini aytgan.

Prezident oddiy ishchi oilasida tarbiyalanganini esga olgan.

"Ular menga qanday munosabatdaligini darhol tushunmaganman. Negaki kichkina bolalar o‘z atrofida sodir bo‘ladigan voqealarga bu shunday bo‘lishi kerakdek munosabatda bo‘ladilar. Lekin ulg‘ayar ekanman, ular hayotining mazmuni, asosi, har holda men dunyoga kelgach, mening kamolotga yetishim va shaxs sifatida shakllanishim, katta hayotga tayyor bo‘lishim, ta’lim olishim uchun barcha sharoitlarni hozirlab berish singari intilish yotganiga guvoh bo‘lganman. Men ularning menga bo‘lgan munosabati asosida muhabbat yotganini tushunganman", - dedi prezident.

Ota-onasining o‘z yaqinlariga, do‘stlariga, tanishlariga va shunchaki, odamlarga bo‘lgan munosabatini ko‘rib, Putinda ular hayotining asosi, hayoti mazmuni muhabbatligini tushungan, "ya’ni inson o‘z hayoti asosini tashkil etuvchi barcha narsalarni ardoqlashi kerakligini bilgan".

"Va bu birinchi navbatda Vatandir... Fikrimcha - bu bizning hayotimiz asosi, butun Rossiya tarixi unga tayanadi. U ongli ravishda yoki ixtiyorsiz bizga avloddan avlodga meros bo‘lib o‘taveradi. Ayni holatda esa g‘oliblar avlodidan bizga meros bu Vatan", - deya xotima qilgan davlat rahbari.

Yangiliklar lentasi
0