19:17 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
Gʻalabaning 75 yilligi (50)
15110

Uning soʻzlariga koʻra, xalqaro birdamlik va umuminsoniy qadriyatlarning ahamiyatini anglash tushunchasi BMTning yaratilishiga olib keldi va uning bosh vazifasi kelajak avlodni urush falokatlaridan asrashdir.

TOSHKENT, 9 may – Sputnik. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh 1945 yil saboqlarini unutmaslikka chaqirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

"Xotira va murosa kunida biz Ikkinchi jahon urushi davomida halok boʻlgan millionlab insonlar xotirasiga hurmat bajo keltiramiz va ular chekka uqubatlar haqida unutmaymiz. Biz natsistlar tomonidan amalga oshirilgan xolokost va boshqa ogʻir va oʻta mudhish jinoyatlar haqida unutmasligimiz kerak", - dedi Guterresh Ikkinchi jahon urushida halok boʻlganlar xotirasiga bagʻishlab yoʻllagan murojaatida.

Uning soʻzlariga koʻra, xalqaro birdamlik va umuminsoniy qadriyatlarning ahamiyatini anglash tushunchasi BMTning yaratilishiga olib keldi va uning bosh vazifasi kelajak avlodni urush falokatlaridan asrashdir.

"Bizning dunyoimiz mojarolar oqibatidan jabr chekishda davom etmoqda. Hatto hozirgi COVID-19 inqirozi paytida biz odamlar orasida nifoq urugʻini yoymoqchi va nafratni tarqatishga boʻlayotgan urinishlarga guvoh boʻlmoqdamiz", - dedi Guterresh.

"Ushbu 75 yillik sanani nishonlar ekanmiz, 1945 yil sabogʻini yodga olaylik va pandemiyaga barham berish maqsadida hamda tinchlik, xavfsizlik va inson qadr-qimmati gullab-yashnaydigan kelajakni bunyod etishda urinishlarimizni birlashtiraylik", - dedi u.

Mavzu:
Gʻalabaning 75 yilligi (50)

Asosiy mavzular