14:46 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (48)
85132

Siyosatchining fikricha, Oʻzbekiston izolyatsiyani davom ettiradigan boʻlsa, raqobat boʻlmaydi, hech qanday rivojlanish boʻlmaydi.

TOSHKENT, 11 may - Sputnik. Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligi mamlakatning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kuzatuvchi maqomida aʼzo boʻlishini juda toʻgʻri qadam deb biladi. Bu haqda bugun senatning toʻrtinchi yalpi majlisida tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov maʼlum qildi.

Parlament yuqori palatasida Oʻzbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) bilan hamkorligi masalasi "oʻta muhim masala" sifatida juda qizgʻin muhokama qilindi.

Soʻzga chiqqan TIV rahbari oʻrinbosari Ilhom Toʻychiyev Oʻzbekistonning maʼlum bir davlat bilan yoki yangi tashkilot bilan munosabati - aʼzo boʻlishi yoki u bilan hamkorligi mamlakat siyosiy hayotida katta ahamiyatga egaligini eʼtirof etib oʻtdi.

"Aytmoqchimanki, prezidentimiz ham 2019 yilgi murojaatnomasi davomida va boshqa yigʻilishlarda koʻp taʼkidladilarki, har bir bizni qilayotgan ishimiz yaʼgi tashqi siyosatda birinchi navbatda bizning milliy manfaatimizdan kelib chiqishi kerak. Hozirgina Jamshid Anvarovich (bosh vazir oʻrinbosari Qoʻchqorovni aytyapti, tahr.) ham aytdilar, suveren davlat sifatida har bir bosayotgan qadamimizda Gʻarb nima derkin, Sharq nima derkin deyiladigan boʻlsa, hech narsaga erishmaymiz. Shuning uchun suveren davlat sifatida oʻzimizni birinchi galda milliy manfaatimizdan, siyosiy manfaatimizdan, iqtisodiy manfaatimizdan, madaniy manfaatimizdan kelib chiqishimiz kerak. Gʻarb yoki Sharqqa qarab oʻtirsak, izolyatsiya yana davom etadi, koʻp yillar davomida izolyatsiyada boʻldik va izolyatsiyadan hozir chiqdik desak boʻladi", - deb taʼkidladi Neʼmatov.

Siyosatchining fikricha, izolyatsiya boʻlsa raqobat boʻlmaydi, hech qanday rivojlanish boʻlmaydi.

"Men oʻylaymanki bu toʻgʻri boʻlyapti. Ikkinchi bir misol YEOII aʼzolari - Qozogʻiston, Qirgʻiziston Armaniston yoki Belarus hammasi shu paytgacha muammosiz aloqani rivojlantirib kelyapti. Investitsiya olib kelishyapti, siyosiy aloqalar rivojlanyapti, iqtisodiy aloqalar rivojlanyapti, shuning uchun bu yerda havotirlanishga shubha yoʻq", - deb qoʻshimcha qildi diplomat.

Neʼmatov Oʻzbekiston ushbu tashkilotga kuzatuvchi sifatida kirayotganini eslatib oʻtdi.

"Bu bizga mana shu davrda uni chuqur oʻrganib qandaydir salbiy taʼsirlari boʻladigan boʻlsa unga yoʻl xaritasi ishlab chiqib kerakli ishlarni olib borish imkonini beradi. Albatta bu TIVni ishi va biz bu yoʻl xaritani ishlab chiqdik, juda koʻp oʻrgandik, chunki oldin ham qatnashganmiz YEOIIda. Oʻshandan bilamizki, qaysi salbiy oqibatlari bizga taʼsir qilishi mumkin. Shunga oldindan yoʻl xarita ishlab chiqdik. Albatta bunda hamkorlarimiz Sharq va Gʻarb davlatlari bilan ishlab, tushuntirish ishlarini olib boramiz, hech qanday shubha boʻlmasligi kerakki bu bizning qandaydir boshqa aloqalarimizga taʼsir qiladi, degan", - dedi Neʼmatov va yana bir marta kuzatuvchi maqomini olish boʻyicha qarorni "juda toʻgʻri qadam qoʻyilyapti", deya qoʻshimcha qildi.

Qizgʻin va ochiq munozara yakunida senatorlar Oʻzbekistonning YEOIIda "kuzatuvchi davlat" maqomida ishtirok etish taklifini maʼqullashdi.

Mazkur masala boʻyicha Oliy Majlis Senatining tegishli qarori qabul qilindi.

Mavzu:
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (48)

Asosiy mavzular