19:36 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
Gʻalabaning 75 yilligi (50)
56211

XXR raisi Si Tszinpin Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan suhbatda Ikkinchi jahon urushi insoniyat tarixida misli koʻrilmagan falokat boʻlganini, Rossiya va Xitoy Gʻalaba va insoniyat omonligi uchun ulkan hissa qoʻshganliklarini taʼkidlagan edi

TOSHKENT, 11 may - Sputnik. Xitoy Ikkinchi jahon urushi tarixi qayta koʻchirilishiga qarshi va Rossiya hamda Xitoyning Gʻalabaga qoʻshga hissasi esdan chiqarib yuborilishi kerak emas, deb hisoblaydi, dedi dushanba kuni oʻtkazilgan brifingda XXR TIV rasmiy vakili Chjao Litszyan.

"Joriy yilda Ikkinchi jahon urushida erishilgan Gʻalabaning va BMT tashkil topganining 75 yilligi nishonlanmoqda. Ikkita asosiy gʻolib-davlat va BMT XK doimiy aʼzolari sifatida Xitoy va Rossiya Ikkinchi jahon urushi yakunlari boʻyicha keng omma tan olgan fikrlarga sobit qolish tarafdoridir, biz tarix qayta koʻchirilishiga qarshimiz", - deb taʼkidladi diplomat.

U shuningdek, yaqinda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan boʻlib oʻtgan suhbat davomida XXR raisi Si Tszinpin Ikkinchi jahon urushi insoniyat tarixida misli koʻrilmagan falokat boʻlganini, Rossiya va Xitoy tomonidan ulkan qurbonlar boʻlganini va bu ikki davlat Gʻalaba va insoniyat omonligi uchun ulkan hissa qoʻshganini taʼkidlab, ushbu tarixiy fakt unutilib ketmasligi lozimligini qayd etgan edi.

Uning soʻzlariga koʻra, Xitoy xalqaro hamjamiyatning barcha aʼzolari Ikkinchi jahon urushi natijalari himoyasini , xalqaro adolat va xolislikni taʼminlashlari, multilateralizmni qoʻllab-quvvatlab, hozirda dunyoda mavjud tartibotni saqlab qolish va global miqyosda rivojlantirishga hissa qoʻshishlari lozim, deb hisoblaydi.

Mavzu:
Gʻalabaning 75 yilligi (50)

Asosiy mavzular