12:31 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (885)
97510

Oʻz-oʻzini izolyatsiya qilish tartibi 65 yoshdan katta boʻlgan va surunkali kasalliklarga ega odamlar uchun saqlanib qolinadi.

TOSHKENT, 11 may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda 12 may sanasidan dam olish kunlari tugatilganini maʼlum qildi.

"Ertadan, 12 maydan butun mamlakat va iqtisodiyotning barcha tarmoqlari uchun dam olish kunlari yakunlanadi. Ammo pandemiyaga qarshi urush tugamaydi. Koronavirus xavfi hatto holat nisbatan koʻngildagidek boʻlgan hududlarda ham saqlanib qolmoqda", - dedi Putin.

Putinning soʻzlariga koʻra, koʻrilgan choralar cheklovlarni bosqichma-bosqich yumshatishga imkon beradi. Ammo yakuniy qaror baribir regionlarning oʻziga havola.

Rossiya yetakchisi koronavirus epidemiyasidan chiqish qisqa fursatda amalga oshmasligini, barcha sanitar talablarni saqlab qolish muhimligini tushuntirdi. Ommaviy tadbirlarga avvalgi kabi ruxsat yoʻq.

Oʻz-oʻzini izolyatsiya qilish tartibi 65 yoshdan katta boʻlgan va surunkali kasalliklarga ega odamlar uchun saqlanib qolinadi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (885)

Asosiy mavzular