11:23 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
198 0 0

Shuningdek, SHHT tomonidan Afgʻonistondagi siyosiy vaziyatni tinch yoʻl bilan hal qilishga koʻmaklashish masalalari ham alohida koʻrib chiqiladi

TOSHKENT, 12 may - Sputnik. Ertaga 13-may kuni Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining videokonferentsiya shaklidagi uchrashvida ishtirok etadi.

SHHT tashqi siyosat idoralari rahbarlari tashkilot doirasidagi boʻlajak tadbirlarga tayyorgarlikning borishini muhokama qiladilar, yangi koronavirus infektsiyasi (COVID-19) pandemiyasi sharoitidagi hamkorlikning holati va istiqbollari boʻyicha fikr almashadilar.

Shuningdek, SHHT tomonidan Afgʻonistondagi siyosiy vaziyatni tinch yoʻl bilan hal qilishga koʻmaklashish masalalari ham alohida koʻrib chiqiladi.

Asosiy mavzular