18:37 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
297 0 0

Rossiya TIV rahbari soʻzlariga koʻra, koronavirusdan geosiyosiy hisob-kitoblar uchun foydalanish kerak emas, pandemiyaga qarshi kollektiv sayi-harakatlar bilan kurashish lozim.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bu haqda Hamdoʻstlik davlatlari TIV rahbarlari uchrashuvi yakunida oʻtkazilgan matbuot-anjumanida maʼlum qildi.

Lavrovning soʻzlariga koʻra - MDH ishtirokchilari ushbu pozitsiyani qoʻllab-quvvatlaydilar.

"Pandemiya xalqaro hayotga yetkazgan oqibatlarini kompleks baholashimiz talab etiladi. Ammo hozirdan xulosa qilish mumkinki - inqiroz navbatdagi bor - biz barchamiz oʻzaro bogʻliq ekanligimizni, bir-birimizga muhtojligimizni, milliy darajada qanday chora-tadbirlar koʻrilishidan qatʼiy nazar butun dunyo boʻylab tarqalayotgan transchegaraviy xatarlar borligini aytish mumkin.

Shu bois, haqiqatan chegara bilmaydigan ushbu tahdidlarga qarshi kurashda sayi-harakatlarimizni birlashtirishimiz, xalqaro munosabatlarni qurish uchun kollektiv yondoshuvlarni izlashimiz darkor", - dedi tashqi siyosiy mahkama rahbari.

Bugungi kunda dunyo boʻyicha yangi turdagi COVID-19 koronavirusini yuqtirganlar soni 4 million kishidan oshdi, ulardan 280 mingdan ziyodi vafot etdi.

Asosiy mavzular