01:19 30 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Siyosat
Havola olish
23001

Sherzod Kudbiyev Davlat soliq qoʻmitasining raisi va Behzod Musayev esa bosh vazirning oʻrinbosari etib tayinlanishi kutilmoqda. Ularning nomzodi deputatlar tomonidan maʼqullandi.

TOSHKENT, 13 may — Sputnik. Sherzod Kudbiyev Davlat soliq qoʻmitasi raisi, Behzod Musayev esa bosh vazir oʻrinbosari lavozimiga tayinlashini kutilmoqda.

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov oʻzining telegram kanalida maʼlum qilishicha, deputatlar bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga shu paytgacha Davlat soliq qoʻmitasining raisi lavozimida faoliyat olib borgan Behzod Musayev nomzodini maʼqullangan.

Bexzod Musayev glava GNK
Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Behzod Musayev

Shuningdek, Davlat soliq qoʻmitasining raisi lavozimiga shu paytgacha Oʻzbekiston prezidentining maslahatchisi sifatida faoliyat olib borgan Sherzod Kudbiyev nomzodi maʼqullangan.

Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Sherzod Kudbiyev

Qonunchilikka koʻra, parlament tomonidan maʼqullangan hukumat aʼzosi nomzodi Oʻzbekiston prezidenti tomonidan tayinlanadi.

Asosiy mavzular