18:35 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
758 0 0

AQSH oʻzining butun dunyodagi harbiy biologik faolligining shaffofligini taʼminlashni istamayapti, deb qayd etdi Rossiya tashqi ishlar vaziri

TOSHKENT, 13 may — Sputnik. Aksariyati Pentagon shafeligida tashkil topgan amerika biolaboratoriyalari Rossiya chegaralari perimetri va Xitoy chegaralari yaqinida joylashgan, deb bayonot qildi RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.

"Biz bir emas, bir necha bor biologik laboratoriyalarni tashkil qilish va rivojlantirish holatiga eʼtiborni jalb qilganmiz. Ularning aksariyati - Pentagon shafeligida tashkil qilinmoqda va butun dunyo boʻylab mavjud, shu jumladan SHHT hududida, sobiq ittifoq davlatlarida. Va bu laboratoriyalar RF chegaralari perimetri, xususan, XXR chegaralari yaqinida zich ravishda shakllantirilmoqda", — dedi Lavrov Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo mamlakatlar TIV rahbarlari yigʻilishi yakuni boʻyicha oʻtkazilgan onlayn-brifing davomida.

Tadbir videoanjuman formatida oʻtkazildi.

Vazir shuningdek, 2001 yildan buyogʻiga Rossiya boshqa aksariyat davlatlar qatorida, xususan, XXR bilan ham, biologik va toksinli  qurollarni taʼqiqlash boʻyicha konventsiyaga bayonnoma tayyorlash toʻgʻrisidagi shartnomani qoʻllab-quvvatlab kelayotgani va bu esa ushbu konventsiyada ishtirok etayotgan mamlakatlarning biologik qurol ishlab chiqarmaslik majburiyatlarining muvofiqligini va ularni tekshirish mexanizmini yaratishga imkon berishini qayd etdi.

"Bu taklifga faqatgina Amerika Qoʻshma Shtatlari keskin qarshi chiqmoqda. Albatta, bu muammo hozir ziddiy tus olgan", - dedi Lavrov.

Uning aytishicha, AQShning dunyoning turli mintaqalarida oʻz harbiy-biologik faoliyatining shaffofligini taʼminlashni istamayotgani "tabiiyki aslida u yerda nimalar roʻy berayotgani va qanday maqsadlarda ishlayotgani haqidagi savollarni paydo qiladi".

Asosiy mavzular