04:36 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
80410

Prezident qarori bilan bosh vazirga bir qator yangi vazifalar yuklandi va Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida ayrim lavozimlar tugatildi

TOSHKENT, 14 may - Sputnik. "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" prezident qarori qabul qilindi.

Hujjatga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida oʻzgarishlar boʻldi.

Unga koʻra, Vazirlar Mahkamasining yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi tasdiqlandi.

Quyidagi lavozimlar kiritildi:

* Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari;

* Bosh vazir maslahatchisi – IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi;

* Bosh vazir maslahatchisi – Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi.

Qarorga koʻra, Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida quyidagilar tugatildi:

* Bosh vazirning taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi;
* Bosh vazirning sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimi;
* Mahalla, oila va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, madaniyat, maʼnaviyat va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati;
* Taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyati.

Shuningdek, qaror bilan Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, yoshlar, maʼnaviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash masalalari kotibiyati tashkil etildi.

Qaror bilan Bosh vazirga bir qator yangi vazifalar yuklandi.

Bosh vazir, jumladan, IT-texnologiyalar, "elektron hukumat"ni joriy etish, axborot xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, telekommunikatsiyalar, ilm-fan, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni rivojlantirishni taʼminlash faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi.

Asosiy mavzular