04:22 06 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (56)
1119 0 0

Oʻzbekiston prezidenti shu suv ombori kerakmidi yoki yoʻqmi, nima uchun Sirdaryo bilan Jizzax viloyati hech qachon rivojlanmagan, degan koʻpchilikni qiziqtirgan savollarga ochiq javob berib oʻtdi

TOSHKENT, 16 may - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuni kecha Sirdaryo viloyatiga amalga oshirgan safari davomida "Sardoba" suv omborini qurish nega kerak boʻlgani haqida gapirgan. Bu haqda "Oʻzbekiston 24" xabar berdi.

"Albatta, kimdir savol berishi mumkin, shu suv ombori kerakmidi yoki yoʻqmidi, degan. Hozir ham savollar koʻp. Nima uchun Sirdaryo bilan Jizzax viloyati hech qachon rivojlanmagan? Suv boʻlmagan. Dehqon odam biladi - paxtaga (uning yetishtirilishi davomida) besh-olti marta suv berish kerakligini. Nega boshqa hududlarda 40-70 tsentner boʻladi (hosil), bu viloyatlarda esa 15 tsentner? Ikki marta suv berolmaslikdan. Ikkinchidan - biror marta takror ekin eka olarmidik? Suv yoʻq edi-ku? Shuning uchun 2010 yil eng toʻgʻri xulosa boʻlgan", - dedi prezident va "lekin talofat hech kimni ayamaydi", deya qoʻshimcha qildi.

Davlat rahbarining aytishicha, hozir Frantsiyadan, Yevropadan, Osiyodan, Turkiyadan va Rossiyadan dunyoning eng kuchli ekspertlari kelishi kutilmoqda.

Mutaxassislar shu obʼyekt qurilishi mumkinmidi yoki yoʻq, shuningdek roʻy bergan falokatga xolisona baho beradilar, dedi Mirziyoyev.

Kelajakda bu suv omboridan qanday foydalaniladi, qanday qilib bu ofat takrorlanmasligi haqida mahalliy xalq bilan maslahat ishlaridan soʻng, obʼyekt tiklanadi, deb vaʼda berdi prezident.  

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyevning Sirdaryoga safari davomida kuni kecha suv toshqinidan zarar koʻrgan 4,5 mingdan ziyod xonadon egalarining har biriga 40 million soʻmlik moddiy yordam, shuningdek, televizor, muzlatgich, kir yuvish mashinasi, minipech, elektr choynak va dazmol kabi maishiy texnikalardan iborat sovgʻalar topshirilgan edi.

Mavzu:
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (56)

Asosiy mavzular