11:15 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
86 0 0

TIV ushbu muhim qarorlar qoʻshni Afgʻonistonda siyosiy muzokaralarga hamda mustahkam va uzoq muddatli tinchlikka yoʻl ochishiga umid bildirgan.

TOSHKENT, 18 may — Sputnik. Oʻzbekiston Afgʻonistonning siyosiy yetakchilari tomonidan inklyuziv hukumat va Milliy yarashuv boʻyicha Oliy kengashni tashkil etish toʻgʻrisidagi kelishuvga erishilganini qoʻllab-quvvatlaydi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Vazirlik ushbu muhim qarorlar qoʻshni Afgʻonistonda siyosiy muzokaralarga hamda mustahkam va uzoq muddatli tinchlikka yoʻl ochishiga umid bildirgan.

“Oʻz navbatida, Oʻzbekiston Afgʻoniston xalqi bilan doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini mustahkamlashda, afgʻonlararo siyosiy jarayonni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashda hamda tinch va farovon Afgʻonistonni barpo etish uchun har jihatdan yordam berishda davom etadi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani va sobiq bosh vazir Abdulloh Abdulloh oʻrtasida siyosiy bitim imzolangani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular