03:32 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Siyosat
Havola olish
86340

Prezident raisligida oʻtgan yigʻilishda oʻzini oʻzi band qilayotgan, qoʻlida kasb-hunari bor odamlarga munosib sharoit yaratish maqsadida yangi tizim joriy etilishi belgilandi.

TOSHKENT, 19 may - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 may kuni tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

Yigʻilishda oʻzini oʻzi band qilayotgan, qoʻlida kasb-hunari bor odamlarga munosib sharoit yaratish maqsadida yangi tizim joriy etilishi belgilandi.

Yaʼni, sartarosh, etikdoʻz, novvoy, temirchi, duradgor, tikuvchi, taksist, tarjimon, dizayner, kompyuter dasturchisi kabi oʻzini oʻzi band qilgan 60 dan ziyod kasb egalari daromad soligʻidan ozod qilinadi.

Mazkur imtiyozdan foydalanish uchun telefon orqali soliq idoralarini xabardor qilish kifoya.

Ilgʻor xorijiy tajriba asosida bunday fuqarolarni roʻyxatga olish va hisobini yuritish boʻyicha mobil ilova ishlab chiqiladi.

Asosiy mavzular