Adliya vazirligi zimmasiga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdanie Ministerstva yustitsii Uzbekistana
Zdanie Ministerstva yustitsii Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vazirlik adliya organlari va muassasalari faoliyatiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etadi hamda davlat xizmatlarini raqamlashtirish orqali “virtual adliya” tizimini ishga tushiradi.

TOShKENT, 21-may — Sputnik. Prezident farmoni bilan Adliya vazirligi zimmasiga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi.

Jumladan, vazirlik adliya organlari va muassasalari faoliyatiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etadi hamda davlat xizmatlarini raqamlashtirish orqali “virtual adliya” tizimini ishga tushiradi.

Farmon bilan 2020–2024 yillarda adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish konsepsiyasi va konsepsiyani 2020–2021 yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Shuningdek, 2020–2024 yillarda adliya organlari va muassasalarini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari (indikatorlari) tasdiqlandi.

Vazirlik 2020-yil yakuniga qadar shu jumladan quyidagi asosiy maqsadli ko‘rsatkichlarga (indikatorlarga) erishilishini ta’minlaydi:

  • Vazirlik tomonidan ishlab chiqiladigan qonun hujjatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi qonun loyihalari sifatida qabul qilish orqali ularning ulushini 20 foizga yetkazish;
  • davlat boshqaruvi tizimini funksional tahlil qilgan holda vazirlik va idoralarning kamida 10 ta funksiyalarini nodavlat sektorga o‘tkazish bo‘yicha taklif kiritish;
  • 2018–2019 yillarda yangi (qayta) tashkil qilingan 8 ta vazirlik va idoralar faoliyatini o‘rganish;
  • elektron shaklda ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ulushini 12 foizga yetkazish;
  • aholiga Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatiladigan yangi xizmatlar sonini 15 taga oshirish;
  • nodavlat notariat shakliga aylantirilgan davlat notarial idoralarining ulushini 95 foizga yetkazish;
  • 29 ta qonunosti hujjatlari bilan belgilangan javobgarlik va sanksiya normalarini chuqur tahlil qilish va tegishli qonunlarga kiritilishini ta’minlash.
Yangiliklar lentasi
0