11:21 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)
632 0 0

Ziroat Mirziyoyeva Sirdaryo viloyatining falokat roʻy bergan hududidan evakuatsiya qilingan aholi bilan uchrashdi.

TOSHKENT, 22 may - Sputnik. 21-may kuni Ziroat Mirziyoyeva Sardoba suv ombori atrofidagi favqulodda vaziyat roʻy bergan hududlarga tashrif buyurdi hamda suv toshqini boʻlgan yerlardan evakuatsiya qilingan aholi bilan uchrashdi.

Suhbat chogʻida Oʻzbekiston birinchi xonimi odamlarning ahvoli, salomatligi, vaqtinchalik yashash joylaridagi sharoit bilan tanishdi, ularga samimiy soʻzlar bilan dalda berdi.

"Tashqaridan tushkunlikka tushmang, bu kunlar oʻtib ketadi, deyish oson. Lekin hozir ichingizdan nima oʻtayotgani faqat sizga maʼlum! Oʻgʻlim boshpanali boʻlsin deb, oʻzingiz yemay, imorat koʻtargansiz. Qizimni toʻyiga deb, oʻzingiz kiymay, sarpo yiqqansiz. Hammasidan xabarimiz bor, koʻrdik, eshitdik.

Eng muqaddas ayyomlardan – Xayit arafasida sizni yoʻqlashni, hech boʻlmasa bir ogʻiz soʻz bilan dalda boʻlishni koʻnglimga tugib qoʻygandim. Keling, shunday tabarruk kunlarda duoga qoʻl ochib, ezgu niyat qilaylik. Bu musibatlar, mashaqqatlar tezroq ortda qolsin. Har biringiz oila davrasida halovat va xotirjamlikda yashang, ilohim. Alloh xohlasa, hammasi yaxshi boʻladi. Biz yoningizda turamiz. Butun Oʻzbekiston xalqi siz bilan! Prezidentimiz siz bilan!" — dedi Ziroat Mirziyoyeva sirdaryoliklar bilan uchrashuv chogʻida.

Tashrif chogʻida "Zamin" fondi va Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining hamkorlikdagi ijtimoiy loyihasi eʼlon qilindi. Ushbu loyiha Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlaridagi 11 ta zarar koʻrgan mahallalarda istiqomat qilgan oilalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Suv ostida qolgan hududlarni qayta tiklash va ulkan qurilish ishlari ketayotgan bir paytda aholining boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishlarini taʼminlash maqsadida yoshi 60 yoshdan oshgan barcha qariyalar 10 kun davomida poytaxtda va Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida joylashgan sihatgohlar va dam olish maskanlariga, 7dan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar esa yozgi oromgohlarga bepul taklif etiladi. Yaqin kunlarda taklifnoma-sertifikatlar oʻz egalariga yetkaziladi.

Mejdunarodnыy obщestvennыy fond "Zamin"
Ziroat Mirziyoyeva posetila jiteley Sыrdarinskoy oblasti, evakuirovannыx iz zonы bedstviya

Karantin talablarini inobatga olgan holda, aktsiyaning barcha ishtirokchilari oldindan COVID-19 test-tekshiruvidan oʻtkaziladi. Hamma xavfsizlik choralari koʻriladi, deb xabar qilinadi fond rasmiy saytida.

Mavzu:
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)

Asosiy mavzular