Mirziyoyev Pokiston prezidentiga ta’ziya maktubini yo‘lladi

© Sputnik / StringerFlag Pakistana
Flag Pakistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pokistonda Karachi aeroporti yaqinida yuz bergan aviahalokat oqibatida 97 kishi qurbon bo‘ldi. Samolyot uylarning ustiga qulagan, jabrlarganlar bor.

TOShKENT, 23-may - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Karachi shahrida ro‘y bergan aviahalokat munosabati bilan Pokiston Islom Respublikasi prezidenti Orif Alvi va bosh vaziri Imron Xonga ta’ziya maktubini yo‘lladi.

Spasateli na meste krusheniya samoleta aviakompanii Pakistanskie avaialinii v Karachi - Sputnik O‘zbekiston
Pokistonda yo‘lovchi samolyot halokatga uchradi

Bu haqda prezident matbuot-xizmati xabar bermoqda

Mirziyoyev Pokiston xalqiga, marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Pokistonda Karachi aeroporti yaqinida Airbus A-320 samolyotining qulashi oqibatida 90 dan ortiq odamlar qurbon bo‘ldi.

RIA Novosti axborot agentligining Pokiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib bergan xabariga ko‘ra, bortda jami 99 kishi bo‘lgan. 91 nafar yo‘lovchi va sakkiz nafar ekipaj a’zolari. Shulardan 97 nafari halok bo‘lgan, ikki kishi omon qolgan. Ayni vaqtgacha 19 kishi jasadi identifikatsiya qilingan.

Samolyot uylarning ustiga qulagan, jabrlarganlar bor. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 30 kishi kasalxonalarga olib borilgan.

Pokiston bosh vaziri Imron Xon samolyot qulashi bo‘yicha tergov ishlari boshlab yuborilganini ma’lum qilgan. Fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, bort o‘ziyozar asboblari topilgan, ular rasshifrovka uchun samolyot ishlab chiqaruvchilariga topshirilishi aytilgan.

Yangiliklar lentasi
0