23:21 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
635 0 0

Prezident oʻz tabrigida "bugungi qiyinchiliklar albatta oʻtib ketadi, hali qancha xursandchilik kunlar, bayram va hayitlarni barchamiz birgalikda nishonlaymiz, deb ishonaman", deya taʼkidlagan.

TOSHKENT, 23 may - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat aholisini Ramazon hayiti bilan tabrikladi. Tabrik matni davlat rahbari rasmiy saytida eʼlon qilingan.

Ramazoni sharif ezgulik, xayru saxovat va mehr-oqibat oyi sifatida el-yurtimizning ijtimoiy-maʼnaviy hayotida azal-azaldan alohida oʻrin egallab keladi.

"Mard va matonatli xalqimiz koronavirus pandemiyasi, boshimizga tushgan turli sinovlar va tabiiy ofatlar sharoitida “Olloh sabr-toqatli insonlar bilan birgadir”, degan ilohiy oʻgitga amal qilib, tushkunlikka berilmasdan, yanada ahil
va birdam boʻlib, insonparvarlik, hamjihatlikning yuksak numunasini koʻrsatganini jahon hamjamiyati eʼtirof etmoqda.
Bu bilan har qancha faxrlansak, arziydi. Asrlar davomida xalqimiz ongida bagʻrikenglik, mehr-muruvvat, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, mustahkam iroda kabi ibratli fazilatlarni shakllantirishda tabarruk Ramazon oyiga xos qadriyatlarning oʻrni va taʼsiri albatta beqiyosdir. 

Bu yil karantin tufayli Ramazon amallari va ibodatlarini ado etishda yuzaga kelgan maʼlum qiyinchiliklarni toʻgʻri tushunib, bu masalaga oqilona yondashgan, ayni vaqtda “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakatida faol ishtirok etayotgan himmati baland tadbirkorlarimiz va fermerlarimizga, turli kasb egalari boʻlgan keksayu yosh barcha vatandoshlarimizga shu ulugʻ ayyom kunlarida yana bir bor chuqur minnatdorchilik bildiraman", - degan prezident.

Davlat rahbari oʻz tabrigida butun dunyo ahli kabi Oʻzbekiston aholisi ham koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq mushkul vaziyatni boshidan oʻtkazayotganini eslatib oʻtgan.

"...har qaday tashvish ortida yengillik va yorugʻlik borligini koronavirus kasalligidan sogʻayib chiqayotgan, tabiiy ofatlar tufayli uy-joyidan ayrilgan, lekin davlatimiz va el-yurtimzning katta yordami va koʻmagi bilan oʻz hayotini yangitdan yoʻlga qoʻyib olayotgan minglab vatandoshlarimiz qalbdan his etmoqdalar. Shu maʼnoda, bugungi qiyinchiliklar albatta oʻtib ketadi, hali qancha xursandchilik kunlar, bayram va hayitlarni barchamiz birgalikda nishonlaymiz, deb ishonaman", - deya ishonch bildirgan Mirziyoyev va har qanday mashaqqatni mehnat va matonat, sabru chidam bilan mardona yengib oʻtgan olijanob Oʻzbekiston xalqi bu sinovlardan yanada kuchli va qudratli boʻlib chiqadi, deya qoʻshimcha qilgan.

Ana shunday qatʼiy ishonch va koʻtarinki kayfiyat bilan bugungi kunda yurtimizni taraqqiy ettirish yoʻlida davrning oʻzi talab etayotgan, biz boshlagan keng koʻlamli islohot va oʻzgarishlarni bir yoqadan bosh chiqarib, izchil amalga oshirib, oldimizga qoʻygan ulkan marralarga albatta erishamiz, degan prezident.

Mirziyoyev shuningdek, jahondagi barcha moʻmin-musulmonlarni ham Oʻzbekiston xalqi nomidan samimiy qutlab, ularga tinchlik-osoyishtalik, fayzu baraka va farovon hayot tilagan.

Asosiy mavzular