16:03 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Siyosat
Havola olish
15810

ODKB bizning davlatlarimiz fuqarolari salomatligi va farovonligini taʼminlash manfaatlariga mos keladi, deya bayonot qildi Lavrov

TOSHKENT, 26 may - Sputnik. Koronavirus jiddiy sinovga aylandi, ODKB mamlakatlari biologik xavfsizlik sohasida masalalarni muhokama qiladilar, deya bayonot qildi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov videoanjuman formatida oʻtkazilgan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) TIV rahbarlari kengashi yigʻilishi davomida.

"Koronavirus infektsiyasi xalqaro munosabatlarning butun boshli tizimiga taʼsir koʻrsatayotgan jiddiy sinovga aylandi, u barcha davlatlar va davlatlararo tuzilmalar uchun chaqiriqqa aylandi. Bugun biz tashkilotimiz faoliyatiga doir qanday xulosalar chiqarishimiz zarurligini sinchkovlik bilan tahlil qilishimiz kerak boʻladi", - degan Lavrov.

Lavrov ODKB salohiyati bu turdagi xatarlarga javob berish uchun ham muhimligini qoʻshimcha qildi.

"Bizning davlatlarimiz fuqarolari salomatligi va farovonligini taʼminlash manfaatlariga mos keladi. Shu bois biz bugungi kunda birinchi galda biologik xavfsizlik sohasidagi birinchi chora-tadbirlarni koʻrib chiqishimiz lozim", - deya izoh berdi vazir.

ODKB tashkilotiga Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya va Tojikiston aʼzo.

Asosiy mavzular