23:12 11 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Siyosat
Havola olish
141 0 0

Prezident qarori bilan Muzraf Ikromov va Bahrom Qoʻchqorov adliya vazirining oʻrinbosari etib tayinlandi.

TOSHKENT, 26 may — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti qaroriga binoan Muzraf Ikromov va Bahrom Qoʻchqorov adliya vazirining oʻrinbosari etib tayinlandi.

Muzraf Ikromov oʻz mehnat faoliyatini 1995 yilda Oʻzbekiston Adliya vazirligi iqtisodiy islohot boʻyicha qonunchilik va meʼyoriy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va huquqiy ekspertiza qilish boshqarmasi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan.

2019 yildan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

Bahrom Koʻchqorov esa oʻz mehnat faoliyatini 1994 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiy islohotlar boʻyicha qonun va normativ hujjatlar loyihalarini tayyorlash va huquqiy ekspertiza qilish boshqarmasi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan.

2017 yildan 2020 yil 5 martga qadar Oʻzbekiston ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi lavozimida ishlagan.

Asosiy mavzular