20:33 12 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Siyosat
Havola olish
539241

"Beparvolik pandemiyaga qarshi barcha ishlarimiz natijasini yoʻqqa chiqarishi mumkin", - deb taʼkidlagan davlat rahbari

TOSHKENT, 26 may - Sputnik. Keyingi kunlarda koronavirus bilan kasallanganlar soni respublikada koʻpayganligi qayd etilayotgani munosabati bilan Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda karantin choralarini kuchaytirish boʻyicha topshiriq berdi.

Bu haqda davlat rahbari 26 may kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida aytib oʻtgan.

"Keyingi kunlarda koronavirus bilan kasallanganlar soni respublikamizda ham koʻpayganligi qayd etilmoqda.
Aytish kerakki, aksariyat hudud va korxona rahbarlari, fuqarolarimiz karantin choralarining yumshatilganini "kasallik tugadi" deb, notoʻgʻri qabul qilmoqdalar", - degan Mirziyoyev.

Bugungacha chet eldan olib kelingan fuqarolar soni 47 mingtani tashkil etmoqda. Ayniqsa keyingi ikki hafta davomida kirib kelganlarning aksariyatida koronavirus aniqlangan. 

Bemorlarning qariyb 50 %ni xorijdan kelgan fuqarolar tashkil etadi. 

Keyingi 10 kunda 3,5 ming odam havo yoʻllari, 7 mingga yaqini chegara postlari orqali Oʻzbekistonga kirib kelishi kutilyapti. Bunga qoʻshimcha yana 100 ming nafardan ortigʻi Oʻzbekistonga qaytish istagini bildirib, navbat kutmoqda.

"Fuqarolarimiz qaytib kelayotgan davlatlar hamda qoʻshni mamlakatlardagi vaziyatning ogʻirligini hisobga olib, xotirjamlikka berilish mumkin emas", - deb taʼkidlagan prezident

Bugungi kunda 40 ta tuman (shahar) "qizil", 45 tasi "sariq" hudud sifatida qolmoqda. Oʻoʻtgan 10 kunda aholi oʻrtasida kasallanganlar soni ham oshib bormoqda.

Jumladan, Navoiyda 57 ta, Samarqandda 73 ta, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 114 ta shunday holat aniqlangan.

Ayniqsa, bozorlar, savdo komplekslari, banklarda ijtimoiy masofaga amal qilmaslik, koʻcha-koʻyda tibbiy niqob taqmaslik, bemalol va xotirjam boʻlib, uylarda turli tadbirlar oʻtkazish holatlari koʻpaymoqda.

"Bunday salbiy holatlar kasallikni aniqlash, oldini olish va davolash uchun qilayotgan barcha harakatlarimiz, byudjetdan olinayotgan trillionlab xarajatlarimiz natijadorligini yoʻqqa chiqarishi mumkin. Respublika komissiyasi viloyat hokimlari bilan birga bir kun muddatda epidemiologik vaziyat yomonlashgan hududlarning toifasini qayta koʻrib chiqsin hamda karantin choralarini kuchaytirish boʻyicha taklif kiritsin. Sogʻliqni saqlash vazirligi "qizil" va "sariq" hududlarda kunlik test olish sonini oshirishi lozim. Bunda tibbiyot muassasalari, bozorlar, banklar va aholi koʻp joylarda nazorat testlar olishni koʻpaytirsin", - deya topshiriq bergan davlat rahbari.

Asosiy mavzular