16:40 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Siyosat
Havola olish
43910

Ilgariroq Xitoy parlamenti Gonkong xavfsizligi boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish boʻyicha rezolyutsiyani qabul qilgan edi.

TOSHKENT, 29 may – Sputnik. Xitoy boshqa davlatlarni Gonkong ishlariga aralashishni zudlik bilan toʻxtatishga chaqirmoqda. Bu haqda juma kuni oʻtgan brifingda XXR TIV rasmiy vakili Chjao Litszyan maʼlum qildi.

"Tegishli davlatlar Gonkong ishlariga va XXR ichki ishlariga dagʻallik bilan aralashmoqdalar, Xitoy buni qoralaydi va qatʼiy protest bildiradi, biz tegishli mamlakatlarga taqdimnoma kiritdik... Biz barcha tegishli mamlakatlarni Xitoy suverenitetini hurmat qilishga va Gonkong ishlariga aralashishga boʻlgan har qanday urinishlarni toʻxtatishga chaqiramiz", - deb qayd etdi diplomat Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada va AQSH TIVining umumiy bayonotiga izoh berar ekan.

Ilgariroq Xitoy parlamenti Gonkon xavfsizligi boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish boʻyicha rezolyutsiyani qabul qilgan edi. Hujjat avtonomiya uchun maxsus ishlab chiqilgan va buzgʻunchilik va separatistik faoliyatga, shuningdek, markaziy hukumatni agʻdarishga qaratilgan fitnalarning har qanday turini, terrorizm va chet eldan aralashuvni taʼqiqlashni nazarda tutadi.

Bu Gongkong hukumatga qarshi kuchlari hamda qator gʻarb mamlakatlarining noroziligini keltirib chiqardi.

Sal oldin Sputnik radiosi Xitoy AQShning Gonkong yuzasidan qilgan tahdidlariga qatʼiy javob qaytargani haqida xabar bergan edi. Birlashgan Qirollik, Avstraliya, Kanada va AQShning qoʻshma bayonotida XXR hukumatining Gonkong uchun milliy xavfsizlik toʻgʻrisidagi qonunning ishlab chiqarilishi haqidagi qarori Britaniya va Xitoy oʻrtasida imzolangan mintaqa avtonomiyasi haqidagi deklaratsiya nizomlariga tamomila zidligi maʼlum qilingan edi.

Asosiy mavzular