00:13 12 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Siyosat
Havola olish
29210

Bugungi uchrashuvda hukumat rahbarlari transport, qurilish, energetika, shuningdek, taʼlim, turizm, sport, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirishga qaratilgan qator hujjatlarni imzoladilar.

TOSHKENT, 29 may - Sputnik. MDHga aʼzo davlatlar hukumat rahbarlari Kengashining (HRK) navbatdagi yigʻilishi 6 noyabr kuni Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadi, deya xabar beradi RIA Novosti Belarus Vazirlar Kengashi matbuot xizmatiga tayanib.

"MDH HRKning navbatdagi yigʻilishi 6-noyabr kuni Toshkentda boʻlib oʻtadi", - dedi matbuot hizmati vakili.

Bu Hamdoʻstlik mamlakatlari hukumat rahbarlarining video-konferentsiya tarzida oʻtkazilgan navbatdagi uchrashuvida maʼlum boʻldi. Muhokama ishtirokchilari MDHning 2030 yilgacha boʻlgan davrda iqtisodiy rivojlanish Strategiyasi loyihasini qabul qildilar. Hujjatda Hamdoʻstlik mamlakatlarining iqtisodiy sohadagi davlatlararo hamkorlik mexanizmlarning maqsadlari, asosiy vazifalari, hamkorlik yoʻnalishlariga nisbatan kelishilgan yondashuvlari aks ettirilgan.

Bundan tashqari, hukumat rahbarlari transport, qurilish, energetika, shuningdek, taʼlim, sayyohlik, sport, madaniyat, yoshlar hamkorligi va xavfsizlik sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirishga qaratilgan qator hujjatlarga imzo chekdilar.

Bugun Rossiya va Oʻzbekiston bosh vazirlari Mixail Mishustin va Abdulla Aripov oʻrtasida telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi. Tomonlar savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy sohalardagi Rossiya-Oʻzbekiston hamkorligining bir qator dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

Bundan tashqari, bosh vazirlar ikki va koʻp tomonlama muloqotlar jadvali haqida ham fikr almashdi.

Asosiy mavzular