20:35 12 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Siyosat
Havola olish
1057 0 0

Suriyadagi Rossiya Harbiy-kosmik kuchlari aviatsiya guruhi 2015 yilning 30 sentyabrida Suriya hukumatini terrorchilar bilan kurashda qoʻllab quvvatlash uchun operatsiyani amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan.

TOSHKENT, 29 may - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin RF Mudofaa vazirligi va Tashqi ishlar vazirligiga Suriya tomoni bilan harbiy bazani kengaytirish borasida muzokaralar oʻtkazish boʻyicha topshiriq berdi. Bu haqda davlat rahbari farmoyishida aytilgan.

"Rossiya Federatsiyasi hukumatining Rossiya Federatsiyasi va Suriya Arab Respublikasi oʻrtasida Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlarining aviatsiya guruhini 2015 yil 26 avgustda Suriya Arab Respublikasi hududida qoʻshimcha koʻchmas mulk va akvatoriyani topshirish toʻgʻrisidagi Bitimga 1-sonli Bayonnomani imzolash boʻyicha taklifi qabul qilinsin", - deyilgan huquqiy-axborot internet-portalida eʼlon qilingan hujjatda.

Qonunchilik loyihasiga printsipial xarakterga ega boʻlmagan tuzatishlar kiritilishi mumkin.

Suriyadagi Rossiya Harbiy-kosmik kuchlari aviatsiya guruhi 2015 yilning 30 sentyabrida Suriya hukumatini terrorchilar bilan kurashda qoʻllab quvvatlash uchun operatsiyani amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan.

Suriyada Rossiya harbiylari Xmeymim aviabazasida va Tartus portidagi harbiy-dengiz bazasida joylashgan.

Asosiy mavzular