TOSHKENT, 1 iyun — Sputnik. Qirgʻiziston bosh vaziri oʻrinbosari Kubatbek Boronov Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan Batken viloyatidagi “Chechme-avtodorojnыy” nazorat-oʻtkazish punktida uchrashdi. Bu haqda Qirgʻiziston hukumati matbuot xizmati xabar qildi.
Uchrashuvda kuni kecha ikki mamlakat aholisi oʻrtasida sodir boʻlgan mojaro muhokama qilindi.
“Tomonlar davlat chegarasining qirgʻiz-oʻzbek uchastkasida sodir boʻlgan voqea yuzasidan afsus bildirishdi, vaziyatni tartibga solish, uning kuchayib ketishiga yoʻl qoʻymaslik va chegara hududlarida keskinlikni bartaraf etish boʻyicha kompleks qoʻshma chora-tadbirlar qabul qilinishini bildirdi”, - deyilgan xabarda.

Ikki davlatning avval erishilgan kelishuvlar va yuzaga kelayotgan masalalarni hal etishda konstruktiv yondashuv tarafdorligi qayd etildi.
Boronov va Aripov ikki tomonlama hamkorlik va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
Shuningdek, uchrashuv yakunida tomonlar birgalikda tergov tadbirlarini oʻtkazish va aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida kelishib oldilar.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston-Qirgʻiziston chegarasidagi mojaroda 25 kishi jarohatlangani xabar qilingan edi.