TIV o‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi mojaro yuzasidan bayonot berdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdanie MID Uzbekistana
Zdanie MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, hodisa natijasida ikki tomondan ham jabrlanganlar bor. Ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi 31-may kuni O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasidagi yuz berdi hodisa yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

“Voqea sabablarini ikki tomon rasmiy shaxslari o‘rganishi shuni ko‘rsatdiki, Chashma bulog‘ining ariqlarini birgalikda tozalash paytida yuzaga kelgan bahslashuv natijasida ikki mamlakatning ayrim fuqarolari o‘rtasida mojaro kelib chiqqan. Hodisa natijasida ikki tomondan ham jabrlanganlar bor. Ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatildi. Ikki mamlakatning chegaradosh viloyatlari rahbarlarining muzokaralari natijasida vaziyat to‘liq nazoratga olindi. Tomonlar bundan keyin oldindan kelishuvsiz tozalash ishlarini olib bormaslikka kelishib oldilar”, - deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, Chashma bulog‘i O‘zbekiston va Qirg‘iziston aholisini ichimlik va sug‘orish suvi bilan ta’minlaydi.

“O‘zaro manfaatlarni inobatga olgan holda Chashma bulog‘idan birgalikda foydalanish to‘g‘risida kelishuv mavjud”, - deya ta’kidlangan xabarda.

1 iyun kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning Qirg‘iziston hukumati rahbari Kubatbek Boronov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Perviy vitse-premyer-ministr Kirgizstana Kubatbek Boronov vstretilsya s premyer-ministrom Uzbekistana Abdulloy Aripovim na propusknom punkte Chechme-Avtodorojniy v Batkenskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Chegaradagi mojaro: Aripov va Boronov nimalar to‘g‘risida kelishib oldi

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikka oid keng ko‘lamli masalalar muhokama qilindi. Transchegaraviy hamkorlikni rivojlantirish va chegarada yuzaga keladigan muammolarni do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik ruhida, shuningdek, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida 2017-yil 6-oktabrda imzolangan Chegara hududida ishonch choralari bo‘yicha bitim qoidalariga muvofiq hal qilish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Hukumat rahbarlari yaqin vaqt ichida Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va O‘zbekiston Respublikasining chegaradosh viloyatlari hokimlari va Qirg‘iziston hukumatining chegaraoldi hududlaridagi vakolatli vakillari Kengashini o‘tkazishga kelishib oldi.

Ikki mamlakat delegatsiyalari rahbarlari birgalikda mahalliy aholi bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.

Yangiliklar lentasi
0